Rossiyaning Il-96-300 samolyoti (“Rossiya” Special Flight Squadron - maxsus parvoz otryadi) Moskvadan RSD 898 muntazam bölmagan reysini amalga oşirdi. Layner 22 aprel, şanba kuni ertalab soat 9 larda Berlinning BER aeroportiga qöndi. Parvozlarni kuzatiş böyiça Flightradar24 veb-saytida paydo bölgan ma’lumotni DW’ga vakolatli manba ham tasdiqlangan. 

Uning sözlariga köra, gap xizmat körsatiş BER fuqarolik aeroporti vakolatiga kiruvçi muntazam yölovçi reysi haqida ketayotgani yöq. DW izoh sörab murojaat qilgan Germaniya Mudofaa vazirligi va Taşqi işlar vazirligidan xabar e’lon qilingan vaqtga qadar heç qanday javob olinmagan. 

Flightradar24 saytidagi ma’lumotlarga köra, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 12:13 (Toşkent vaqti bilan 15:10) da samolyot Berlin aeroportidan havoga kötarilgan. Uning "Vnukovo" aeroportiga qönişi Toşkent vaqti bilan soat 17:38 da kutilmoqda, deyiladi saytda. 

RIA “Novosti” Rossiya davlat axborot agentligi xabariga köra, Rossiya prezidentining samolyoti - "1-raqamli bort" - tört dvigatelli uzoq masofaga uçuvçi Il-96-300PU sanaladi. Bu Il-96 yölovçi samolyotining sezilarli darajada özgartirilgan variantidir.