Kiyev Rossiya tomonidan bosib olingan barça Ukraina hududlarini, jumladan Qrimni qaytarişni joriy yilning «ehtimolga yaqin bölgan» vazifasi deb hisoblamoqda.
«Bu uruşni tugatişning bitta yöli bor - bu har qanday şaklda çegaralarni qaytariş, ammo bizning 91-yildagi çegaralarimizga. Hududiy muammolarni hal qilmasdan turib, bu uruşni tugatiş mumkin emas, bu real emas. Ukraina heç qaçon hududlarning qaysidir qismini berişga rozi bölmaydi», deya ma’lum qildi Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov «RBK - Ukraina»ga.
Uning sözlariga köra, Ukraina «yaqin tarixdagi muhim jangga» yaqinlaşmoqda va u bahor oxirigaça boşlanadi.
«Bu haqiqat, buni hamma tuşunadi. Qaçon boşlanişi esa sir hisoblanadi. Lekin hamma tuşunib turibdiki, biz bunga yaqinlaşib bormoqdamiz», - deydi u.












