Ostona şahar jinoyat işlari böyiça ixtisoslaştirilgan tumanlararo sudida Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq rahbari Karim Masimov va qator şaxslarga nisbatan jinoyat işi böyiça hukm e’lon qilindi.
Zakon.kz naşri xabariga köra, Karim Masimov va boşqa şaxslarga hukm ularning iştirokida çiqarilgan. Iş sud tomonidan «Öta maxfiy» maqomi ostida körib çiqildi.
Karim Masimov Qozoğiston Jinoyat kodeksining 175-moddasi 1-qismi (davlatga xiyonat) va yana ikkita modda bilan aybdor deb topilib, jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Xabarda ma’lumot berilişiça, uning mol-mulki musodara qilinadi, davlat xizmatida lavozimlarni egallaş huquqidan umrbod mahrum etiladi.
1965 yilda tuğilgan general-leytenant Karim Masimov 2016 yil 8 sentabrdan Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasini boşqarib kelgan. Mutaxassisligi böyiça huquqşunos bölgan Masimov 2007-2012 hamda 2014-2016 yillarda Qozoğiston boş vaziri, 2012-2014 yillarda Qozoğiston prezident administratsiyasi rahbari bölib işlagan.
U 2022 yil 8 yanvar kuni Qozoğistonda yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan söng qölga olingandi.
Masimov 6 yanvar kuni öz lavozimidan ozod etilib, uning örnini sobiq Davlat qöriqlaş xizmati rahbari Yermek Sagimbayev egallagandi. Masimovning birinçi örinbosari lavozimida işlagan Nursulton Nazarboyevning jiyani bölmiş Samat Abiş ham işdan olingan.
2022 yil mart oyi boşlarida Qozoğiston milliy xavfsizlik qömitasi qömitaning sobiq raisi Karim Masimov ustidan tergov jarayoni böyiça ayrim ma’lumotlarni e’lon qilgandi.
“Mamlakatimiz işbilarmon doiralari va xorijiy sub’yektlardan köçmas mulk, qimmatbaho sovğalar, jumladan, madaniy boyliklarni, katta miqdordagi mablağlarni noqonuniy ravişda oliş holatlari hujjatlaştirilgan. Xususan, Masimov yopiq şartnomalardan biri böyiça MXQ raisi lavozimida xorijiy davlat vakillaridan 2 million AQŞ dollari miqdorida pora olgani yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Uşbu mablağlarning Honkongdan Qozoğiston Milliy bankiga qaytarilişi ta’minlandi”, deyilgandi qömita bayonotida.








