
Qozoğiston milliy xavfsizlik qömitasi qömitaning sobiq raisi Karim Masimov ustidan tergov jarayoni böyiça ayrim ma’lumotlarni e’lon qildi.
2016 yilgaça Qozoğiston boş vaziri bölgan, 2016–2022 yillarda mamlakat Milliy xavfsizlik qömitasini boşqargan Karim Masimov 2022 yil yanvaridagi namoyişlar fonida davlatga xiyonatda ayblanib qamoqqa olingan edi.
Qömita xabariga köra, Masimov va boşqa şaxslarga nisbatan davlatga xiyonat, hokimiyatni zörlik bilan egallab olişga tayyorgarlik köriş va mansab vakolatlaridan çetga çiqişda gumon qilinib, jinoyat işi böyiça tergov davom etmoqda. Tergov davomida Masimovning harakatlarida köplab korrupsiya belgilari ham aniqlangan.
“Mamlakatimiz işbilarmon doiralari va xorijiy sub’yektlardan köçmas mulk, qimmatbaho sovğalar, jumladan, madaniy boyliklarni, katta miqdordagi mablağlarni noqonuniy ravişda oliş holatlari hujjatlaştirilgan. Xususan, Masimov yopiq şartnomalardan biri böyiça MXQ raisi lavozimida xorijiy davlat vakillaridan 2 million AQŞ dollari miqdorida pora olgani yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Uşbu mablağlarning Honkongdan Qozoğiston Milliy bankiga qaytarilişi ta’minlandi”, deyiladi qömita rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.
Ta’kidlanişiça, Karim Masimov boş vazirlik davrida biznes tuzilmalarining biridan poytaxtda joylaşgan, qiymati qariyb 2,5 milliard tenge bölgan haşamatli mehmon uyi va yer uçastkasi olgani yuzasidan ham tergov boşlangan.
Qömita ma’lumotiga köra, sobiq amaldor hibsga olinganidan söng 2022 yil yanvar oyida uşbu mehmon uyidan 17,2 million AQŞ dollari miqdorida naqd pul, şuningdek, köplab haşamatli buyumlar – qimmatbaho soatlar, tilla quymalar, noyob buyumlar va boşqa köp narsalar olib qöyilgan.












