Ispaniyaga taşrifi çoğida da Silva yana bir bor «Ukraina öz hududini saqlab qolişi» uçun tinçlik yölidagi sa’y-harakatlarni kuçaytiriş tarafdori ekanini aytdi. 

«Men Yevropaning bu uruşga bölgan nuqtayi nazarini tuşunaman. Bir davlatning boşqa davlatga bostirib kirişini qabul qilib bölmaydi, lekin bu uruşda tinçlik haqida gapirilayotganini körmayapman», - dedi u.

Avvalroq Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva uruşni tugatiş uçun Qrimni Rossiyaga berişni taklif qilgandi. 

Uning sözlariga köra, u Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan Ukrainaning Qrimdan «boş tortişi» haqidagi taklifni şaxsan muhokama qilmoqçi. 

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududini qölga kirita olmaydi. Balki Qrimni muhokama qilarmiz. Lekin u qöşimça ravişda nima qölga kiritganini qayta körib çiqişi kerak», - dedi da Silva Braziliyada jurnalistlar bilan uçraşuvda. 

Ukraina Braziliya prezidentining Rossiya agressiyasini töxtatiş böyiça yeçim topiş borasidagi sa’y-harakatlarini qadrlaydi, biroq «öz hududlari bilan savdolaşmasligini» eslatişga majbur, deya ma’lum qildi TIV matbuot kotibi Oleg Nikolenko. 

«Ukraina yerining kamida bir santimetrini berişimiz uçun heç qanday huquqiy, siyosiy va ma’naviy sabab yöq. Ukrainaning pozitsiyasi özgarişsiz qolmoqda: Ukrainada tinçlikni tiklaş böyiça har qanday vositaçilik harakatlari Birlaşgan millatlar taşkiloti nizomi tamoyillariga muvofiq Ukraina yaxlitligi, suverenitetini hurmat qiliş va hududning töliq tiklanişiga asoslangan bölişi kerak», deb yozdi Nikolenko Facebook’da.