Litva parlamenti çegarani noqonuniy kesib ötgan muhojirlarni çiqarib yuborişni qonuniylaştiruvçi munozarali qonunni qabul qildi. Vilnyusdagi Seymda 25 aprel, seşanba kuni “Davlat çegarasi va uni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonunga tegişli özgartirişlar kiritiş uçun 86 deputat ovoz berdi, 8 nafari qarşi, 20 nafari esa betaraf qoldi. Qonun 3 maydan kuçga kirişi kerak. Bu vaqtgaça uni prezident Gitanas Nauseda imzolaşi lozim.

Germaniyaning dpa agentligi ma’lumotlariga köra, qonun kuçga kirgandan söng, çegarani noqonuniy buzganlar favqulodda holat yoki çet elliklarning köp oqimi bilan boğliq inqirozli vaziyatda qölga olinişi va deportatsiya qilinişi mumkin. Uşbu qoida çegara hududlarida va quruqlikda 5 kilometrgaça bölgan masofada amal qiladi.

Inson huquqlari taşkilotlari, ularning fikriça, xalqaro huquqni buzuvçi çoralarni qonuniylaştiradigan hujjatni keskin tanqid qildi.

Yevropa Kengaşining Inson huquqlari böyiça komissari Dunya Miyatoviç Litvani boşpana izlovçilarga nisbatan xalqaro majburiyatlarini bajarişga çaqirdi. U qonun loyihasining qabul qilinişi böyiça qattiq ogohlantirdi.Xalqaro qonunlarga köra, migrantlar boşpana söraş huquqiga ega va boşpana söramoqçi bölganlarni hayoti yoki farovonligi xavf ostida bölişi mumkin bölgan joylarga yuboriş taqiqlanadi. Litva Inson huquqlari markazi Nausedani qonun loyihasiga veto qöyişga çaqirdi.