«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin ikki yildan buyon Sudanda kompaniyaning birorta jangçisi yöqligini ma’lum qilgan.
Ammo ular bu yerda bölişgan, Yevroittifoq va AQŞ Sudanda işlagan va ularning ma’lumotlariga köra, Prigojin hamda «Vagner» XHK bilan aloqador bölgan firmalarga qarşi sanksiyalar qöllagan.
Oltin orqali kelişuv
2017 yilda Sudanning öşa vaqtdagi prezidenti, Xalqaro jinoiy sud tomonidan Darfurdagi aholi genotsidida aybangan Umar Başir Moskvaga kelgan va bu yerda Rossiya hukumati bilan bir qança kelişuvlar imzolagandi.
Bu kelişuvlar qatorida Qizil dengiz sohilidagi Port-Sudan şahrida Rossiyaning harbiy-dengiz bazasini quriş, şuningdek Rossiyaning «M Invest» firmasi va Sudan minerallar vazirligi örtasida oltin qazib oliş konsessiyalari böyiça kelişuvlar ham bor edi.
Sudan oltin qazib oliş böyiça Afrikada uçinçi örinda turadigan mamlakat hisoblanadi.
AQŞ moliya vazirligi «M Invest» firmasi va uning şu’ba korxonasi bölgan Meroe Gold firmasidan «Vagner» XHKning Sudandagi faoliyatini niqoblaşda foydalanilişini aytadi.

«Yevgeniy Prigojin va uning tarmoği Sudanning tabiiy resurslaridan şaxsiy manfaatlari yölida foydalanadi va özining zararli ta’sirini butun sayyoraga tarqatadi», degandi 2020 yilda AQŞning öşa vaqtdagi moliya vaziri Stiven Mnuçin.
AQŞ «M Invest»ga ham, Meroe Gold’ga ham sanksiyalar kiritgan.
CNN telekompaniyasi ötkazgan suriştiruvda Sudan oltinlari «Vagner» XHK faoliyat yuritadigan Markaziy Afrika Respublikasi hududiga olib ötilişi va bu eksport Sudan rasmiy statistikasida aks etmasligi aniqlangan.
Bundan taşqari, Britaniyadagi Daily Telegraph naşrining 2022 yilda çiqqan maqolasida aytilişiça, oltinlarning katta qismi harbiy aerodromlar orqali yaşirinça olib çiqiladi.
«Vagner» XHK Sudanda yana nimalar bilan maşğul?
2017 yildan boşlab Rossiya va xorijdagi manbalar bir neça bor «Vagner» yollanma jangçilari Sudandaligi aks etgan foto va videolarni namoyiş etgan. Bu manbalarga köra, uşbu jangçilar bu yerda sudanlik harbiylarni öqitiş va ommaviy namoyişlarni bostirişda yordam beriş bilan şuğullanişadi.

2021 yilda «Vagner» XHK bilan aloqador hisoblangan Grey Zone telegram-kanali kompaniyaning «asosiy jangovar tuzilmalaridan birining» şaxsi oçiqlanmagan komandiri ikki yil oldin sudanlik harbiylarga esdalik nişonlari taqdim etişi aks etgan fotosuratni e’lon qilgandi.
Iyul oyida esa şu kanalda sudanlik askarlar vagnerçi harbiy rahbarligida vertolyotdan paraşyut orqali sakraşi aks etgan videoni namoyiş etgandi.
«Vagner» Sudanda qançalik kuçli ta’sirga ega?
AQŞ moliya vazirligi hisoblaşiça, «Vagner» XHK Sudanda «harbiylaşgan amaliyotlar ötkaziş, avtoritar rejimni saqlab qolişga yordam beriş va tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qiliş» bilan band böladi.
«Avvaliga, 2018 yilda ularning bu yerda 100 nafar atrofida odami bölgan, bu odamlar sudanlik harbiylarni öqitişgan va şundan aloqalar rivojlana boşlagan», degan Mudofaa tadqiqotlari böyiça birlaşgan qirollik instituti (RUSI) vakili, doktor Joana de Deuş Pereyra.
Sudan matbuoti ma’lumotiga köra, keyinroq vagnerçilar soni 500 nafargaça yetgan. Ularning aksari mamlakat janubi-ğarbida, Markaziy Afrika Respublikasi bilan çegaradagi Um Dafuk qişloğida joylaşgan.
2019 yilda, Sudanda prezident Umar Başirga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari avj olganida, Sudan Tribune gazetasi «rus jangçilari» Sudan maxsus xizmatlari bilan bu namoyişlarni çetdan kuzatib turgani haqida yozgan. Sudan hukumati buni rad etgan.
Rossiyaliklarning Afrikadagi faoliyatiga bağişlangan kitoblar muallifi Samuel Ramanining ma’lumotiga köra, «Vagner» XHK prezident Başirni qöllagan holda taşviqot kampaniyasi olib borgan.
«Prigojin namoyişçilarni Isroil tarafdori va islom diniga qarşi kuçlar sifatida ayblaşni taklif qilgandi», deydi doktor Ramani.
Uning sözlariga köra, bu Başirning maxsus xizmatlari bilan kelişmovçilik keltirib çiqargan va «Vagner» XHK keyinroq Başirni ağdargan general Abdulfattoh al-Burxonni qöllaşga qaror qilgan.
«Rossiya TIV davlat töntarişiga qarşi edi, Prigojin va «Vagner» XHK esa al-Burxon hokimiyatga kelişini olqişladi», degan doktor Ramani.
Keyin, 2021-2022 yillarda «Vagner», Ramanining sözlariga köra, ayni vaqtda muntazam armiya va general al-Burxonga qarşi kuraş olib borayotgan Tezkor reaksiya kuçlari bilan aloqalarni mustahkamlagan. Gap şundaki, Prigojin Tezkor reaksiya kuçlari qömondoni, general Muhammad Hamdon Dagalo (Xemeti nomi bilan ham maşhur) egalik qiladigan oltin konlariga qiziqib qolgan.
Ötgan yili Dagalo Moskvaga taşrif buyurgan - özining aytişiça, bu taşrifdan maqsad Sudan-Rossiya munosabatlarini mustahkamlaşdan iborat bölgan.
Biroq, hozirgi mojaroda, Sudan böyiça ekspert, Confluence Advisory tahlil markazi vakili Xolud Xairaning fikriça, «Vagner» tomonlarning birini boşqasiga qarşi qöllab-quvvatlamaydi.
«Vagner» general al-Burxonning biznesi bilan ham, janob Xemetining biznesi bilan ham tur xildagi va miqyosdagi aloqalarga ega», deydi u.

Reuters / Scanpix / LETA
«Vagner» isyonçilarga raketalar yetkazib bergan
«Vagner» XHK Sudan Tezkor reaksiya kuçlariga (RSF) mamlakat muntazam armiyasiga qarşi turişda yordam beriş uçun raketalar yetkazib bergan. Bu haqda CNN mintaqadagi diplomatik manbalariga asoslanib xabar tarqatdi. Bu ma’lumotni sun’iy yöldoş tasvirlari ham tasdiqlaydi, ularda «vagnerçilar»ning Liviyaning Sudan bilan çegarasi yaqinidagi (general Xalifa Haftar armiyasi nazorat qiladigan hudud) bazalarda kuzatilgan faollik aks etgan. RSF va armiya örtasida töqnaşuvlar 15 aprel kuni boşlangandi va hamon davom etmoqda, yuzlab kişilar halok bölgan.
CNN jurnalistlari All Eyes on Wagner loyihasi bilan birgalikda sun’iy yöldoş tasvirlarini tahlil qilişgan, ularda Rossiyaning Il-76 rusumli transport samolyoti Liviyaning Haftar tomonidan nazorat qilinadigan va «Vagner» tomonidan foydalaniladigan ikki bazasi örtasida harakatlanişi aks etgan.
Sudandagi töqnaşuvlar boşlanişidan ikki kun oldin samolyot kuniga ikki martadan parvoz qila boşlagan va bu kamida 19 aprelga qadar davom etgan. 13 aprel kuni samolyot «Hadim» aviabazasidan Suriyaning Rossiya aviabazasi joylaşgan Lataqiya şahriga uçgan. Keyingi kuni u «Hadim»ga qaytgan, ammo bir kun ötib Haftarning Jufra şahridagi boşqa bir bazasiga uçib borgan. Bu baza Sudandagi mojaro boşlangan kuni u «ihotalangan joy»da edi.
18 aprel kuni samolyot Lataqiyaga qaytgan, şundan keyin yana Hadim va Jufraga parvozlar amalga oşirgan. «Sudandagi va mintaqadagi manbalarga köra, şu kuni Rossiya Sudan şimoli-ğarbidagi ayirmaçilar yetakçisiga [RSF yetakçisi Muhammad Hamdon Dagalo] „yer-havo“ tipidagi raketalarni bergan», deyiladi CNN maqolasida.
RSF’dagilar Rossiya va Liviyadan yordam olinganini rad etgan. Haftar ham, Yevgeniy Prigojin ham CNN söroviga javob bermagan.
«Vagner» Afrikaning boşqa mamlakatlarida
«Vagner» XHK bir neça yildan buyon Markaziy Afrika Respublikasida faoliyat yuritadi, matbuotdagi köplab xabarlarga köra, uning yollanma jangçilari uşbu mamlakatda, şuningdek, qöşni Liviya va Malida ham olmos konlarini qöriqlaş bilan şuğullanadi.
2021 yilda BBC «Vagner» jangçisi yöqotib qöygan gadjetni örganib çiqqan holda, şuningdek Liviyadagi harbiylar va tinç aholi vakillari bilan gaplaşib, «Vagner» XHK uşbu mamlakatdagi fuqarolik uruşida iştirok etganini aniqlagandi.
Malidagi harbiy xunta esa jangarilarga qarşi kuraşiş uçun norasmiy ravişda «Vagner» XHK kuçlarini yollagan.
Human Righs Watch xalqaro taşkilotining inson huquqlari böyiça faollari «Vagner» yollanma jangçilarini Malida ham, Markaziy Afrika Respublikasida ham qiynoqlar va qotilliklar sodir etişda ayblagan.












