Yevgeniy Prigojin vafot etganidan keyin Rossiya hukumati «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini öz nazoratiga olib, RF mudofaa vazirligi tarkibida «Afrika korpusi»ni taşkil etgan, kompaniyaning Afrika mintaqasidagi yollanma jangçilari uşbu korpus tarkibiga ötkazilişi közda tutilgandi. Ammo The Wall Street Journal naşri yozişiça, Prigojinning öğli Pavel Markaziy Afrika Respublikasidagi (MAR) vagnerçilar ustidan nazoratni saqlab qolgan va otasining biznesini kengaytiriş bilan şuğullanmoqda.
Naşr maʼlumotiga köra, bunda unga MAR prezidenti Fosten-Arkanj Tuader yordam bergan, u Kremldan vagnerçilar örniga RF mudofaa vazirligi harbiylarini olib kelmaslikni söragan hamda Prigojinning yollanma jangçilarini öz mamlakati politsiyasi, armiyasi va razvedka bölinmalariga integratsiya qilgan.
Ayni vaqtda mamlakat poytaxti Bangi şahrida 500 nafar atrofida vagnerçi joylaştirilgan. Ular prezidentni qöriqlaşmoqda, isyonçilarga qarşi kuraş olib borişmoqda hamda oltin qazib oliş, giyohvand moddalar va qurollar savdosidan daromad olmoqda, deb yozadi WSJ.
Kiçik Prigojin Markaziy Afrikadagi yiliga 250 million dollar daromad keltiradigan eng yirik oltin konini nazorat qiladi. Mahalliy hukumat esa qazib olingan qimmatbaho metallni davlat mulki sifatida belgilab, uni çet elga olib çiqişga yordam beradi. Jurnalistlar qayd etişiça, sönggi uç oy davomida oltinni olib çiqiş Belarus orqali amalga oşirilgan.
Bundan taşqari, Prigojin mahalliy tramadol bozorining katta qismini nazorat qiladi hamda Sudan va Liviyadagi isyonçi guruhlarga qurol sotadi. Vagnerçilar MARda aroq va pivo işlab çiqarişni ham yölga qöyişgan.
Prigojinlar oilasi yiliga jami 400 million dollardan ortiq daromad oladi, deb hisoblaydi «Transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça global taşabbus» taşkiloti.
WSJ jurnalistlari suhbatlaşgan ekspertlar fikriça, kiçik Prigojin Markaziy Afrika Respublikasidagi mavqeyini mustahkamlaş uçun Kreml bilan öziga xos kelişuv tuzgan. Naşrning taʼkidlaşiça, Markaziy Afrika Respublikasida guruhga tegişli radiostansiyalar ham mavjud bölib, ular orqali Ğarbga qarşi tarğibot olib boriladi, prezident Tuader uluğlanadi, Rossiya hukumati madh etiladi.

Pavel Peterburgda istiqomat qiladi, ammo muntazam ravişda Bangiga safar qiladi, deb yozadi WSJ. Şunday safarlardan birida u Ledger Plaza mehmonxonasida tunagan, bu yer esa amalda vagnerçilarning Markaziy Afrika Respublikasidagi ştab-kvartirasiga aylangan. Mehmonxona hududi avtomat kötargan jangçilar tomonidan qöriqlanadi, yuqori martabali mulozimlar ham Prigojin bilan uçraşuvga kirişidan oldin sinçiklab tekşiriladi.












