Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga qöşimçalar kiritildi. Taraflarning kelişuv bitimi tuziş huquqi belgilandi. Unga köra:
taraflar ma’muriy sud işlarini yuritişning barça bosqiçlarida va sud hujjatini ijro etiş jarayonida nizoni kelişuv bitimini tuzgan holda töliq hajmda yoki qisman hal etişi mumkin;
- taraflarning kelişuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar sub’yekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli bölişi hamda taraflarning özaro yon berişiga yöl qöyilgan taqdirda amalga oşirilişi mumkin;
- kelişuv bitimi yozma şaklda tuziladi va uni tuzgan şaxslar tomonidan imzolanadi;
- kelişuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
Kiritilgan özgartirişga muvofiq, ma’muriy sud işlarini yuritiş sudning faol iştiroki asosida amalga oşiriladi. Sud işda iştirok etuvçi şaxslarning tuşuntirişlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va işning boşqa materiallari bilan çeklanmasdan ma’muriy işning töğri hal qilinişi uçun ahamiyatga ega bölgan barça haqiqiy holatlarni har tomonlama, töliq va xolisona tekşiradi.
Sud öz taşabbusi yoki işda iştirok etuvçi şaxslarning iltimosnomasi böyiça qöşimça dalillar töplaydi, şuningdek ma’muriy sud işlarini yuritiş vazifalarini hal qilişga qaratilgan boşqa harakatlarni bajaradi. Sudga arizaçi ariza (şikoyat) bilan bir qatorda arizada körsatilgan talablarga sababiy boğlanişda bölgan zararlarning örnini qoplaş töğrisidagi talabni ham taqdim etişga haqli.
“Davlat boji töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, zararlarning örnini qoplaş haqidagi arizalar (şikoyatlar) böyiça talab summasining 2 foizi miqdorida, biroq BHM 1 baravaridan kam bölmagan miqdorda davlat boji undiriladi.












