Mahfuza, 23 yoş, Navoiy viloyati:
— Qişloğimizda har uç xonadonning biridagi erkaklar musofirçilikda. Yölkiralar qimmatligi, işlab turgan işini yöqotmaslik uçun hadeganda kelib-ketişlari muammo. Mana, 11 yildirki ota-onam xorijda. Meni, singlim va ukamni buvimning qaramoğida qoldirişgan. Bundan 5 yil avval, ya’ni 18 yoşimda u yerdan ukam va singlimni olib ijaraga çiqib ketişga majbur böldim.
Bu harakatimni hamma qoraladi. Ota-onam ham boşida ruxsat berişmadi. Lekin töğri tuşunişlarini va butun mas’uliyatni zimmamga olişni aytdim. Çunki yetarliça sabab bor edi. Onamning ukasi – toğamda menga nisbatan ğalati holatlar sodir böla boşladi. Holi qolganimizda tegajoğlik qilardi. Bir neça marta ogohlantirdim, urişdim – foydasi bölmadi. Öz şa’nimni özim asraşim kerakligini tuşundim.
Ota-onamning örtasiga sovuqçilik tuşirmaslik uçun buni ularga ayta olmadim va ijaraga çiqişni töğri deb bildim. Faqat onam kelganda buni yotiği bilan tuşuntirdim. Hozir ham özimni xavfsiz his qilmayapman. Qurayotgan uyimiz bitişiga oz qoldi, kontraktimni esa özim işlab tölaşga harakat qilaman. Faqat ota-onam yonimizda bölişsa böldi.
Asadbek, 19 yoş, Namangan viloyati:
— 1-sinfga çiqayotgan yilim dadam Rossiyaga ketdi. Boşida bir yilda bir marta kelib turardi. Keyinçalik bu muddat çözildi. Mana, 4 yildirki, kelmayaptilar. Şu yil boraman, kelasi yil boraman deb işdan ortmayaptilar.
Dadam bizni moddiy tomondan ham juda töla-tökis ta’minlaganlarini bilmayman. Çunki ketganlaridan beri onam bilan pul masalasida tortişib qolişlarini sezaman. Onam otam yuborgan pullarni yetkaza olmayotganliklarini aytib janjal qilganlarini eşitaman.
Özimni dadamga keraksizday his qilardim, hozir bunga könikdim. Lekin ukalarimda şunaqa bölayotganini sezaman. Negadir oila deganda köz oldimga faqat onam va ikkita ukam keladigan bölib qolgan. Sababi biz otamiz borligini his qilmay ulğaydik. Hademay uylanaman, lekin oilada erkak kişi maqomi, ota qanday bölişi kerakligi haqida tuşunçam yetarli emas, deb öylayman. Yaxşi oila boşliği bölişga harakat qilaman deyman-u, buning uçun nima qilişni bilmayman.
Nasiba, 38 yoş, Qaşqadaryo viloyati:
— 13 yildirki turmuş örtoğim xorijda işlaydi. Ketganida bir öğlimiz bor edi. Hozir qizimiz ham bor. Orada bir yilda bir oyga kelib ketadi, ba’zida 2 yilda ham kelişi mumkin. Bolalarimiz katta bölayotgani sari yonimda uning yöqligidan qiynalaman. Çunki bolaga oilada otaning borligi katta ahamiyatga ega ekan. Ayniqsa ma’lum muddatlarda, ya’ni ötiş davrida otasining qadri juda bilindi. Öğlim bu davrda juda asabiy, jizzaki bölib qoldi. Özini doim haq deb biladigan, öziça nimanidir isbotlaşga harakat qiladigan, boşqalarning, ayniqsa mening fikrlarim bilan hisoblaşmaydigan ösmirga aylandi. Maktabda urişmagan öqituvçisi, yoqalaşmagan bolasi qolmadi. Har qança harakat qilmay, tilini topolmayapman, qattiqroq gapirsam, uydan qoçib ketib kuydiradi.
Otasi hali qaytmoqçi emas, çunki endigina uy qurib bitkazib, köçib çiqdik, hali maşina olişimiz kerak. “Şunga yaraşa pul töplab, keyin qaytaman” deydi. Lekin u qaytgunça öğlim butunlay özgarib, hayotini izdan çiqarib qöymasa edi deb qörqaman. Tezroq kelib bolalar tarbiyasida yordam bersa deyman-u, tirikçilikni ham öylab ikkilanib qolaman.
***
YUNISEF ötkazgan “Migratsiyaning bolalarga salbiy ta’siri” deb nomlangan tadqiqot natijalariga köra, köplab muhojir oilalarning (45 foiz) kamida ikki nafar farzandi vasiylar qaramoğida qolişadi. Uşbu bolalarning deyarli 63 foizi onalari bilan yaşaydi, çunki muhojir otalar köproq işlab, oilalariga köproq pul yuborişadi.
Ösmirlar va bolalar psixologi Rozaliya Gabdulhaqovaga köra, ota-onalarning migratsiyasi bolalarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir körsatadi. Ularning uzoqdaligi bolada xavotir hissini uyğotadi, ular özlarini baxtsiz his qilişadi. Bolalarda xotirjamlik yöqolib, yelkalaridagi mas’uliyat ortgani ularning kayfiyatiga ta’sir qiladi. Otasi olisga ketib onasi bilan yaşayotgan bolalar ham özlarini asosiy himoyaçisiz qolgan deb bilişadi.
“Bolalarning qiynalişiga sabab onalarining qiynalayotganini köriş ham böladi. Çunki bu onalar özlari işlamasalar ham, ham ona, ham ota vazifasini bajarayotgan bölişadi. Öz jufti yonida bölmagani uçun xotirjamlik his qilmaydi. Oilani boşqariş ayolning tabiatiga mos bölmagani uçun onaga oson bölmaydi. Turli muammolar, ruhiy holatlar içida ona bolasidan köproq javobgarlikni his qilgan holda psixologik javobgarlik talab qiladi. Buni körgan bola onasini ayab ertaroq katta bölgisi, pul topgisi, öz muammolarini özi hal qilgisi keladi va bu jizzakilikni keltirib çiqaradi. Ayni şu paytda otaning yonida emasligi, asosiy himoyaçining yöqligini his qilişadi.
Ba’zi otalar bolalarning ta’minotiga pul yubordim, böldi deb öylaşadi. Onalar esa musofirçilikda yurgan odamni hadeb bezovta qilavermay deb ba’zi muammolarni ularga aytişmaydi. Telefon orqali suhbatlarda ham köpinça odatiy hol-ahvol söraş va yuborilgan pullar hisobi haqida gaplaşiladi”, – deydi psixolog Rozaliya Gabdulhaqova.
Uzoqda turib farzandlarga mehrni yetkaziş uçun nima qiliş kerak?
Ruhşunosga köra, bolalar bilan boğliq muammolar, ularning maktabdagi hayoti, öqişdagi özgarişlari haqida ota bilan muntazam suhbat qilinişi kerak.
“Albatta, bu otadan ham toqat, vaqt, e’tibor talab qiladi. Bu paytda otaning reaksiyalari juda muhim. Agar bunga muammo deb qaralsa, unga yeçim izlaş va topiş mumkin. Virtual tarzda ham otani oila hayotiga aralaştiriş kerak.
Şu örinda ota-onaning özaro munosabati ham bolaga katta ta’sir körsatadi. Ular masofa uzoqligi sabab bir-birlaridan uzoqlaşişsa, faqat moddiy ehtiyoj tuğilgandagina gaplaşişsa, bolada nosoğlom fikr uyğotadi.
Oilada har kuni hamma uçun qulay bölgan ma’lum bir paytni möljallab, ota bilan onlayn suhbatlar uyuştiriş kerak. Şunda bola xuddi otasi yonida ekanini, ularga befarq emasligini his qiladi. Töliq oilada ösayotgan bolalarday otasi bilan bir dasturxon ustida ötirganday böladi, yöqotişlar kamayadi.
Onalar ham tuşunişlari kerakki, onaga qançalik qiyin bölmasin, buni bola tuşunmaydi. Bolaga otasi uzoqdaligini his qildirmaslik ulardagi yukni yengillatadi. Bolada asabiylik kamayib, xotirjamlikka erişadi”, deydi bolalar psixologi.
Bola huquqlari töğrisida konvensiyada “Bolaning şaxsiyati töliq va uyğun rivojlanişi uçun u baxt, mehr va muruvvat töla oilaviy muhitda ösişi şart”, deb belgilangan. Buni inobatga oladigan bölsak, şunday ruhiy bosim bilan ulğaygan bolalarning jamiyatda tutadigan örnidan xavotir oladigan payt kelgan.
Gulmira Toşniyozova tayyorladi.













