Adliya vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi sobiq boş maslahatçisi Husan Ravşanovga qöllangan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi özgartirilib, u qöyib yuborilgan. Bu haqda uning advokati Abdumalik Abdullayev feysbuk sahifasi orqali xabar berdi.

«Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudining 2023 yil 4 maydagi ajrimiga asosan Husan Ravşanovni qamoqqa oliş ehtiyot çorasi özgartirilib, 1-sonli tergov hibsxonasidan ozod etildi.

Yaşnobod tuman sudi sudyasi jinoyat işini sudda köriş uçun tayinlaş haqida ajrim çiqariş vaqtida JPK 396-moddasiga muvofiq ayblanuvçiga nisbatan ehtiyot çorasi notöğri tanlangan, degan töxtamga kelib ehtiyot çorasini özgartiriş haqida ajrim çiqardi», deyiladi xabarda.

Bu özgariş Ravşanovning rafiqasi Sevara Ravşanova sayyor qabulda boş prokuror Niğmatilla Yöldoşevga murojaat qilişi ortidan röy berdi. Öşanda murojaatçi boş prokuror qabulida içki işlar va prokuratura xodimlari uni «koptok qilişayotgani», turmuş örtoğining işi qaçon sudga oşişi haqidagi oddiy ma’lumotni advokatlarga ham aytişmayotganini bildirib, eriga nisbatan qöllangan qamoq ehtiyot çorasi özgartirilişida amaliy yordam söragandi.

Boş prokuror uşbu murojaatni şaxsan nazoratga olişi, yon daftarçasiga ariza tafsilotlarini yozib olganini, yordam berişga harakat qilişini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uçun, Adliya vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi sobiq boş maslahatçisi Husan Ravşanov 2023 yil 3 fevral kuni JPKning 227-moddasi tartibida uşlanib, 5 fevral kuni qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan edi.

Unga, göyoki Facebook'da begona ism-şarif bilan akkaunt oçib, adliya xodimlarini korrupsiyada ayblaş orqali tuhmat qilişda ayblov ilgari surilgan.

Sevara Ravşanova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Facebook’dagi «Sanjar Karimov» nomli akkaunt turmuş örtoğiga tegişli emasligini ta’kidlagan. U umr yöldoşi uçinçi şaxslar fitnasi qurboni bölganini da’vo qilgan.