Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Yaşnobod tumanida istiqomat qiluvçi bir guruh fuqarolardan murojaat kelib tuşgan.

Murojaatda fuqarolar qöşnisi - 1989-yilda tuğilgan A.T.ning 2023-yilda tuğilgan öğli A.I.ga nisbatan muntazam jismoniy zöravonlik sodir etayotganini bildirgan. Şuningdek, ayol bolaga uxlatuvçi dori vositasini berib, uni doimiy ravişda qarovsiz va parvarişsiz qoldirişi aytilgan.

Bolalar ombudsmanining rasmiy sörovi asosida holat içki işlar organlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan örganildi.

Örganiş natijasida bolaga nisbatan sodir etilgan muttasil tazyiq va qiynaş xatti-harakatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi - qiynaş bilan jinoyat işi qözğatildi. Şuningdek, bolaga himoya orderi rasmiylaştirildi.

Hozirda voyaga yetmagan bolaning salomatligini tiklaş uçun zarur tibbiy muolajalar körsatilmoqda. Bolalar ombudsmani ma’lumotiga köra, uning soğliği barqaror va yaxşi holatda.

Şuningdek, tuman vasiylik organi tomonidan bolaning qonuniy manfaatlaridan kelib çiqib, vaqtinça vasiylik ta’minlangan.

Ayni paytda ona A.T.ni ota-onalik majburiyatlarini bajarmagani sabab onalik huquqidan mahrum qiliş masalasida sudga taqdim etiş uçun tegişli hujjatlar tayyorlanmoqda.

Bolalar ombudsmani bolaning xavfsiz va soğlom muhitda yaşaşini ta’minlaş maqsadida uşbu holatni kuzatişda davom etişini bildirdi.