Buxoro tumani IIB tomonidan berilgan ma’lumotga köra, 2023 yil 29 aprel kuni noma’lum şaxslar tumanning Madaniyat Rabot mahallasi, Köçki Safed qişloğida yaşovçi fuqaro M.S.ning yaşaş xonadoniga ğayriqonuniy ravişda kirib, 500 ming söm naqd pullarini öğirlagan.  

Xuddi şu vaqtda aynan birinçi holatdagi voqea joyiga qöşni bölgan fuqaro H.D.ning yaşaş uyida ham öğirlik jinoyati sodir bölib, uning xonadonidan 300 ming söm pullari hamda 1 million 500 ming sömlik tilla taqinçoqlari öğirlab ketilgan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, keçiktirib bölmas tezkor texnik va suriştiruv hamda tergov harakatlari olib borildi.  

Olib borilgan suriştiruv va tergov harakatlari natijasida uşbu jinoyatlarni Buxoro tumani Madaniyat Rabot mahallasida yaşovçi voyaga yetmaganlar, 2008 yilda tuğilgan S.T. va 2008 yilda tuğilgan I.S. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bölib sodir qilganliklari foş etildi va aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.  

Hozirgi kunda uşbu jinoiy guruhning viloyat va respublikaning boşqa hududlarida sodir etilib, foş etilmasdan qolayotgan şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlaş böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.