Ukrainaning yaqinlaşib kelayotgan qarşi hujumi Rossiya va Ukraina örtasida 2023 yil oxirida Xitoy vositaçiligida bölib ötişi mumkin bölgan tinçlik muzokaralarini yaqinlaştirişi mumkin. Bu haqda 7 may, yakşanba kuni Amerika va Yevropa rasmiylarining fikriga tayanib, The Wall Street Journal (WSJ) yozdi. Naşr ta’kidlaşiça, ilgari Xitoyning vositaçilik roliga şubha bilan qaragan Ğarb endilikda Pekinning Kiyev va Moskva örtasidagi muzokaralarda iştirok etişini qöllab-quvvatlaşga tayyor.
WSJ tomonidan iqtibos keltirilgan rasmiylarga köra, bu özgarişlar heç bir tomon uruşni çeksiz davom ettira olmaydi va Pekinning xalqaro tinçlik muzokaralarida rol öynaşga tayyorligi sinovdan ötkazilişi kerak, degan işonçdan kelib çiqadi. Biroq, WSJ suhbatdoşlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin davrida öt oçişni töxtatiş böyiça muzokara olib borilişiga işonmayapti.
AQŞ sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyer CBS telekanaliga bergan intervyusida xuddi şunday fikrni bildirdi. "Endi, Xitoy muzokaralarga kirişdi, menimça, ular yil oxirigaça yakunlanadi", dedi u va "haqiqiy muzokaralar"ni nazarda tutganini ta’kidladi. Kissinjyer, şuningdek, Rossiya bilan muzokaralarda AQŞdan maslahatçi sifatida qatnaşişga rozi bölişini ham ta’kidladi.













