Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida yerni noqonuniy sotmoqçi bölgan fuqaro qölga olindi.

Zarnews’ning ma’lum qilişiça, fuqaro O.J. (1973 yilda tuğilgan) öziga foydalaniş uçun topşirilgan, dehqon xöjaligiga tegişli bölgan 1 gektar yerni boşqa fuqaroga 90 ming dollarga sotişini bildirib, kelişilgan summadan 40 ming dollarni oldindan berişni talab qilgan.

DXX Samarqand viloyati boşqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlarda u mahalliy fuqarodan uşbu pulni olayotgan vaqtida qölga olingan.

Yana bir holatda Payariq tumanida yaşovçi Ş.A. (1993 yilda tuğilgan) amakisiga tegişli fermer xöjaligi balansida bölgan 1,2 gektar yerni talabgorga 17 ming dollarga sotişni rejalaştirib, kelişilgan puldan 10 ming dollarni olayotganida uşlangan.