Ukrainadagi uruşning 441-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Yevropada oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnoma (YeOQKŞ)ni denonsatsiya qilmoqda, bu bitim a’zo davlatlar va harbiy texnikalar sonini çeklaydi. Prezident Vladimir Putin tegişli qonun loyihasini Dumaga taqdim etgan. Harbiy texnika miqdori böyiça kvota joriy etiş töğrisidagi bu bitim 1990 yilda NATO va Varşava kelişuvi taşkilotiga kiruvçi mamlakatlar tomonidan imzolangan, 1992 yil noyabridan kuçga kirgandi.
  • Pentagon Amerikaning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi 4 may kuni Ukrainada rossiyaliklarning «Kinjal» gipertovuşli raketasini urib tuşirganini ma’lum qildi, Sergey Şoygu uni «aniqlaş ham, töxtatiş ham mumkin emasligi»ni aytgandi.
  • Rossiya FXX Ukraina fuqarosi (şaxsi keltirilmagan) Samarada Xalqaro antifaşistik festivalda terakt uyuştirişga tayyorlaniş aybi bilan qölga olinganini ma’lum qildi.
  • Ukraina QK quruqlik qöşinlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy ukrain kuçlari Baxmut yönalişida qarşi hujumga ötgani va ayrim uçastkalarda hududlarning bir qismi qaytarib olingani haqida ma’lum qildi. Şu tariqa, Sirskiy amalda «Rossiya armiyasi brigadalaridan biri öz pozitsiyasini taşlab qoçib ketgani»ni aytgan «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojinning sözlarini tasdiqladi.
  • Kursk, Belgorod va Voronej oblastlari rasmiylari çorşanba kuniga ötar keçasi va tongda ularning hududlariga dronlar orqali hujum uyuştirilgani haqida xabar berdi. Belgorod oblasti gubernatorining sözlariga köra, oblast hudududida Olxovatka qişloğiga uçuvçisiz uçar qurilma hujum qilgan, bir neça binolar şikastlangan. Voronej oblastida harbiy obektga hujum qilişga uriniş bölgan, oblast ma’muriyatiga köra, bu uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçragan.

Pokrovskdan evakuatsiya

Pokrovsk anneksiya qilingan Donetskdan taxminan 60 kilometr şimoli-ğarbda joylaşgan. Ukraina qurolli kuçlarining Vuhledardagi guruhi ta’minot yöllaridan biri Pokrovskdan ötadi — rossiyalik harbiylar yanvar oyida Vuhledarni eggallaş uçun yuriş boşlagandi. Ukrainalik harbiylar Pokrovskdan imkon qadar köproq tinç aholi vakillarini olib ketişga harakat qilmoqda.

Pokrovsk yaqinidagi Svyatogorovk qişloğida yaşovçi 64 yoşli Zoya ketayotgan 76 yoşli Ivan bilan xayrlaşmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik qutqaruvçilar va köngillilar Pokrovskda yaşovçi keksa yoşli kişini Dniproga boruvçi poyezdga çiqarişmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovskda yaşovçi keksa yoşli ayol köngilli bilan evakuatsiya poyezdida
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Avdiyivka yaqinidagi ukrain artilleriyaçilari 

Ukraina QK 110-alohida mexanizatsiyalaşgan brigadasi jangçilari çexlar bergan «Dana» öziyurar gaubitsasida Avdiyivka yaqinida. Anneksiya qilingan Donetsk şimolidagi bu şaharga Rossiya qöşinlari tomonidan hujumlar davom etmoqda va hujum qilayotgan tomon «ayrim taktik yutuqlar»ga erişmoqda.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi Ukraina QK tankçilari

Ukraina QK 59-alohida motopiyodalar brigadasiga tegişli bölgan T-80 tanki Donetsk oblastining front böyidagi aholi yaşaş manzillaridan birida (aynan qaysi joy ekaniga aniqlik kiritilmagan)
Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
59-alohida motopiyodalar brigadasi jangçisi pulemyot stvolini tozalamoqda
Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
T-80 tankida ketayotgan 59-alohida motopiyodalar brigadasi harbiy xizmatçilari
Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mikolayiv oblastidagi sapyorlar

Blagodatne posyolkasi Mikolayivdan taxminan 50 kilometr şarqda joylaşgan. Keng kölamli bosqin boşida Rossiya armiyasi Blagodatneni egallaşga harakat qilgan, çunki bu posyolka Mikolayivga töğridan töğri yöl oçardi. 2022 yil avgust oyi oxirida Ukraina qurolli kuçlari rossiyaliklar Blagodatne atrofidan butunlay ketgani haqida xabar berdi, ammo posyolka atrofini minalardan tozalaş işlari hamon davom etmoqda.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari Blagodatne atrofidan minalar va portlamay qolgan snaryadlarni izlamoqda
Bernadett Szabo / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX xodimlari Blagodatne yaqinidagi maydonda işlamoqda
Bernadett Szabo / Reuters / Scanpix / LETA
Mina portlaşidan hosil bölgan tutun
Bernadett Szabo / Reuters / Scanpix / LETA

Frontning turli nuqtalaridan suratlar