Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 10 may, çorşanba kuni e’lon qilingan buyruğiga asosan, Yevropada oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnoma (YeOQKŞ) denonsatsiya qilinmoqda. Uşbu buyruqqa köra, davlat rahbari Federal majlis palatalari şartnomani denonsatsiya qiliş masalasini körib çiqayotganda taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkovni özining rasmiy vakili etib tayinlaydi.
YeOQKŞ şartnomasi 1990 yil 19 noyabrda Parijda NATOning 16 ta davlati (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, AQŞ, Turkiya va Fransiya) va Varşava şartnomasi taşkilotining 6 ta davlati (Bolgariya, Vengriya, Polşa, Ruminiya, SSSR va Çexoslovakiya) tomonidan imzolangan hamda 1992 yil 9 noyabrda kuçga kirgan. Şartnoma imzolagan davlatlar ega bölişi mumkin bölgan harbiy texnika, jumladan, tanklar, artilleriya, vertolyotlar va samolyotlar miqdori uçun kvotalarni belgilab berdi.
1999 yilda YeOQKŞ şartnomasini yangi siyosiy voqelikka moslaştirişga qaror qilindi, ammo Şimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari moslaştirilgan şartnomani ratifikatsiya qilmay, Rossiyaga Gurjiston va Dnestrböyidan qöşinlarini olib çiqiş böyiça majburiyatlarini bajariş talabini qöydi, Boltiqböyi davlatlari (Latviya, Litva, Estoniya) va bir qator Bolqon davlatlari (Sloveniya, Albaniya va Xorvatiya) unga qöşilişdan boş tortdi.
Rossiya 2007 yilda NATO davlatlaridan şartnomani ratifikatsiya qilişni talab qilib, undagi iştirokini töxtatgan edi. 2015 yilda Rossiya YeOQKŞ böyiça Qöşma maslahat guruhi yiğilişlarida iştirok etişni töxtatdi.

















