13:41 / 11.05.2023
10475

FT: YeIning 1 mlrd yevrolik tovarlari Rossiya orqali tranzitda “yo‘qolib qoldi”

Tasodifiy tekshirish shuni ko‘rsatdiki, Yevropa Ittifoqidan uning hududi orqali tranzit orqali yuborilgan tovarlarning yarmi Rossiya Federatsiyasida qolib ketgan. Rossiya bunga tovar deklaratsiyasidagi firibgarlik tufayli erishdi, deb yozadi The Financial Times.

Foto: AP

Yevroittifoqdan bir milliard yevrodan ortiq tovarlar Rossiya orqali tranzitda Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi yakuniy oluvchilarga yo‘lda “yo‘qolib qoldi”. Gap Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishi fonida Moskvaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tufayli Rossiyaga eksport qilinishi taqiqlangan ikki tomonlama deb ataluvchi tovarlar haqida ketmoqda, deb yozadi Britaniyaning The Financial Times (FT) gazetasi payshanba, 11 may kuni ochiq manbalarga tayanib.

Gazeta ta’kidlaganidek, Yevropa Ittifoqidan 2 milliard yevro miqdoridagi eksportni tasodifiy tekshirish shuni ko‘rsatdiki, ushbu hajmning faqat yarmi yakuniy oluvchilarga yetib kelgan, qolgan tovarlar Rossiyada "qolib ketgan". FT ta’kidlashicha, bular fuqarolik va harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama obektlardir. G‘arb rasmiylariga ko‘ra, bu yashirin savdo oqimi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga urush paytida iqtisodiyotni saqlab qolishga yordam bergan.

FT nashrining qayd etishicha, bu tovarlar Rossiyaga faqat tranzit olib ketilayotgani bahonasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevroittifoqdan olib kirilishi mumkin edi – Rossiya agentlar, vositachilar va yetkazib beruvchilar yordamida Yevropa Ittifoqi bojxona deklaratsiyalarida yolg‘on yo‘nalishlarni ko‘rsatib, sanksiyalarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada, Rossiya samolyot komponentlari, optik uskunalar va gaz turbinalari kabi muhim tovarlarni ishlatish huquqini saqlab qoldi.

Bir qator toifadagi tovarlar, jumladan gaz turbinalari, kavsharlagichlar va radiotexnika uskunalari importi bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidan ushbu toifalar bo‘yicha jo‘natilgan tovarlarning deyarli hech biri o‘z manziliga yetib bormagan, deb yozadi The Financial Times. Nashrning ta’kidlashicha, rasmiy manzilga yetib bormagan yashirin eksportning katta qismi YeIdan Boltiqbo‘yi mamlakatlari hududi orqali Rossiyaga chiqib ketgan.

Top