RBK 2-oktabr kuni Germaniya kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib, Şryoderning yangi lavozimi haqida xabar berdi.

DW ham Globus holdingiga sörov yuborgan, biroq xabar eʼlon qilingan vaqtga qadar javob olmagan.

Riteyler vakilining RBKga bildirişiça, Şryoder kompaniyaning umumiy boşqaruvida iştirok etadi va Rossiya bozoridagi uzoq muddatli rejalarini işlab çiqişga hissa qöşadi.

Kompaniya tayinlovni qanday izohladi?

«Giperglobus» egasi va Globus Holding aksiyadori Tomas Brux sobiq kanslerni kuzatuv kengaşiga jalb qilişni ekspert kömagini kuçaytiriş zarurati bilan izohlagan.

Uning fikriça, Şryoderning tajribasi muloqotga yönaltirilgan yondaşuvni saqlaş va konstruktiv yeçimlar topişga yordam beradi.

Kompaniya matbuot xizmati Şryoderning bayonotini ham keltirgan. Unda sobiq kansler Rossiya bilan iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni saqlab qoliş muhimligini taʼkidlagan.

«Aynan inqirozli davrlarda bu aloqalar ayniqsa muhim: ular bir-birini eşitiş va kelajakka yöl topiş imkonini beradi», - degan Şryoder, RBK xabariga köra.

Rossiyadagi biznes holdingdan rasman ajratilgan

RBK «Giperglobus»ni Germaniyaning Globus Holding GmbH & Co holdingiga qaraşli Rossiya kompaniyasi sifatida taʼriflagan.

Biroq Germaniya kompaniyasi avvalroq DWga «Giperglobus» 2025-yil boşida Globus Holdinğdan rasman ajratilganini tuşuntirgan. Şunga qaramay, ularning aksiyadorlari bir xil bölib qolgan.

Tomas Brux 2026-yil iyunida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida qatnaşgan. Öşanda Germaniya kompaniyasi matbuot xizmati u forumda faqat «Giperglobus» nomidan iştirok etganini bildirgan. Taşrif maqsadlari orasida davlat idoralari vakillari bilan fikr almaşiş ham qayd etilgan.

RBK maʼlumotiga köra, 2025-yil oxirida Rossiyaning sakkizta hududida 22 ta «Globus» gipermarketi işlagan.

Şryoder avval Rossiya energetika kompaniyalarida işlagan