Ars Technica naşri jurnalisti Erik Berger yangi maqolasida «Roskosmos» rahbari Dmitriy Bakanovning Rossiyada yaratilayotgan istiqbolli kosmik kema haqidagi bayonotiga eʼtibor qaratgan.

Bakanovning maʼlum qilişiça, 2026-yil kuzida Uzoq Şarqda kemani paraşyut yordamida taşlaş sinovlari ötkaziladi. Korporatsiya birinçi ekipajli parvozni 2028 yoki 2029-yilda amalga oşirişni közlamoqda. Uçiriş uçun, ehtimol, «Angara-A5M» raketasidan foydalaniladi.

Loyiha Yevropa bilan hamkorlikdan boşlangan

Qariyb yigirma yil avval Rossiya va Yevropa kosmik agentligi - ESA yangi avlod ekipajli kosmik kemasini birgalikda yaratiş masalasini muhokama qila boşlagan.

Öşa paytdagi kelişuvlarga köra, Yevropa olti nafargaça odamni taşişga möljallangan kapsula uçun xizmat modulini taqdim etişi kerak edi.

Biroq keyinçalik Yevropa öz ekipajli kosmik kemasi ustida işlaşni davom ettirmaslikka qaror qilgan. «Roskosmos» esa loyihani mustaqil amalga oşiriş yölini tanlagan.

Kema bir neça bor qayta nomlangan

Loyiha şu vaqt içida bir neçta nom bilan atalgan. Dastlab u «Istiqbolli ekipajli transport tizimi», keyin «Yangi avlod ekipajli transport kemasi» deb yuritilgan. Keyinçalik «Federatsiya», söng esa «Orel» nomini olgan.

Bergerning yozişiça, qariyb 20 yillik işlanmalar davomidagi köplab nom özgarişlari va kompyuterda tayyorlangan tasvirlarga qaramay, kema yaratilişida amalda qanday siljiş bölayotgani noaniqligiça qolgan.

Bakanov eʼlon qilgan paraşyut sinovlari esa loyiha böyiça navbatdagi amaliy qadam sifatida körsatilmoqda.

Nega parvoz muddatiga şubha bildirilmoqda?

Amerikalik şarhlovçi 2028–2029-yillardagi parvoz sanasini hozirdan taqvimga kiritişga şoşilmaslik kerakligini taʼkidlagan.

U bundan tört yil avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Orel» kemasi va Rossiyaning Oy dasturi qayta tiklanişi haqida işonç bilan gapirganini eslatgan. Bergerning bahosiça, öşanda aytilgan rejalar hali kutilgan natijani bermagan.

Şu bois yangi eʼlon qilingan muddat hozirça «Roskosmos»ning rejasi bölib qolmoqda.