Yevropa Ittifoqi Gurjistonni Rossiya samolyotlarining texnik işonçsizligi sababli öz hududiga kirişiga yöl qöymaslikka, şuningdek, aviatsiya sohasida YeI sanksiyalariga qöşilişga çaqirdi.
Bryussel 11 may, payşanba kuni Tbilisini “işonçsiz Rossiya samolyotlarini” öz hududiga kiritmaslikka çaqirdi. Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça vakili Piter Stano sözlariga köra, Ğarb sanksiyalari tufayli Rossiya xalqaro xavfsizlik standartlariga rioya qiliş uçun zarur bölgan samolyot parkining 95 foizini yangilay yoki modernizatsiya qila olmayapti.
Yevropa Ittifoqi a’zo bölişga intilayotgan davlat sifatida Gurjistonni Rossiyaga, jumladan, aviatsiya sohasida joriy qilingan sanksiyalarga qöşilişga va ularni çetlab ötişga urinişlarni kuzatişga çaqiradi. Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bostirib kirişi uçun jazo çoralari doirasida Rossiyaga, Rossiyadan yoki Rossiya uzra parvozlarni amalga oşirişga ruxsat bermaydi.
Rossiya Federatsiyasiga kiriş vizalarining bekor qilinişi böyiça, faqat Gurjiston fuqarolari uşbu taklifdan foydalaniş yoki foydalanmaslikni hal qiliş huquqiga ega, dedi Stano.
Bir kun avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 maydan Gurjiston fuqarolari uçun viza rejimini bekor qiliş va 2019 yildan beri amalda bölgan Rossiya Federatsiyasidan Gurjistonga havo qatnoviga qöyilgan taqiqni bekor qiliş töğrisidagi farmonlarni imzoladi. Gurjiston fuqarolari, uşbu farmonga köra, Rossiyaga faqat pasportini körsatiş orqali kirişlari mumkin böladi - agar ular mamlakatda 90 kundan kam bölmoqçi bölsa va öqiş yoki işlaş niyatida bölmasa.
Bu ma’lumotga Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili Twitter’da izoh berdi. "Rossiyaning navbatdagi provokatsiyasi! Rossiya Ukrainaga qarşi tajovuzni davom ettirib, bizning hududimizni egallab oliş davom etar ekan, Gurjiston bilan töğridan töğri reyslarning tiklanişi va viza rejimi bekor qilinişini qabul qilib bölmaydi", deb yozgan u.












