Jorj Meyson universiteti (AQŞ) olimlari 2100 yilgaça Yer ob-havosini modellaştirişdi va umidsiz xulosaga kelişdi: sayyora şu qadar özgaradiki, 1880 yillarda Kyopper tizimi böyiça tuzilgan iqlim xaritalarini qaytadan çiziş kerak böladi. Tadqiqot Earth’s Future jurnalida çop etildi. 

«XX asrning boşidan beri Yer yuzining 14,77 foizida iqlim özgarişlari yuz berdi. Eng muhim özgarişlar Şimoliy Amerika, Yevropa va Okeaniyada kuzatildi», dedi Pol Dirmeyyer, boş tadqiqotçi va iqlimşunos olim. 

Yangi tadqiqot şuni körsatadiki, asr oxiriga borib, dunyoning 38-40 foiz hududi boşqa iqlim zonalariga ötadi. Ya’ni, yer şarining deyarli yarmi yangi şaroitlarga duç keladi. 

Tropik iqlim 25 foizgaça kengayadi, qurğoqçilik 34 foizgaça hududni egallaydi. Eng sezilarli özgarişlar Yevropa va Şimoliy Amerikada kutilmoqda. Bu qit’alarning mos ravişda 89 foiz va 66 foiz hududi boşqa iqlim zonasiga ötadi. 

Biroq, iqlim zonalarining özgarişi faqat «imkoniyatlar oraliğini» ifodalaydi, çunki ba’zi özgaruvçilarni (masalan, yoğingarçilik) boşqalarga (haroratga) qaraganda modellaştiriş qiyinroq, deyiladi tadqiqotda. Özgarişlar, şuningdek, okeanlar va Antarktidadan taşqari faqat quruqlikni qamrab oladi (ma’lumotlardagi böşliqlar tufayli). Boşqaça qilib aytganda, amalda özgarişlar ança jiddiyroq bölişi mumkin. 

Mualliflar fikriga köra, global isiş sur’ati tezlaşişi aniq. Bu oziq-ovqat işlab çiqariş tizimiga salbiy ta’sir körsatişi va çivinlar tarqatadigan kasalliklarning köpayişiga olib kelişi mumkin.