12 may kuni Toşkent şahrida Özbekiston–Afğoniston–Pokiston temiryöl liniyasini quriş loyihasini muvofiqlaştiriş ofisining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Unda prezidentning Afğoniston böyiça maxsus vakili I.Irgaşev, transport vaziri I.Maxkamov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatçisi A.Xaşimov, «Özbekiston temir yöllari» raisi örinbosari A.Kamalov, Pokiston elçisi A.Faruq, Afğoniston elçisi A.Ilmiy va Afğoniston temiryöl boşqarmasi raisi B.Şarofat iştirok etdi.

Loyiha ofisining taşkil etilişidan maqsad - loyihaning texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqiş va loyihaning amaliy bajarilişini tezlaştiriş böyiça qöşma çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş.

2023 yil 11–12 may kunlari uşbu temiryöl liniyasini quriş loyihasini yanada rivojlantiriş böyiça navbatdagi uç tomonlama muzokaralar bölib ötgan edi. Unda tomonlar loyihani amalga oşirişni jadallaştiriş bilan boğliq masalalarni muhokama qildi.