Toşkentda ötayotgan boks böyiça jahon çempionatida Özbekiston milliy jamoasining uç nafar a’zosi finalda jang qilib, 3 ta oltin medaliga ega çiqdi.
Dastlabki jangda Asadxöja Möydinxöjayev Özbekiston milliy jamoasi hisobida turnirdagi birinçi çempionlikni keltirdi. -67 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz qozoğistonlik Dulat Bekbauovga qarşi ringga kötarilib, raqibidan ustunligini körsata oldi (5:0) va oltin medalga ega çiqdi.
Ikkinçi final jangida -51 kg vazn toifasidagi Hasanboy Dösmatov fransiyalik Bilol Bennamaga qarşi ringga kötarilib, 1-raunddayoq raqibini nokautga uçratib, JÇ-2023 oltin medaliga ega çiqdi.
«Humo Arena»da ötgan kunning sönggi final jangida eng oğir vazn toifasidagi özbekistonlik çarmqölqop ustasi Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarşi ringga kötarildi. Birinçi raunddayoq raqibidan yaqqol ustunlik qilgan 28 yoşli boksçi nokdaun evaziga turnirning oltin medalini qölga kiritdi. Natijada, Bahodir ikki karra jahon çempioniga aylandi. U JÇ-2019da ham oltin medalga ega çiqqandi.
Qayd etiş joiz, final jangi oldidan boksçilarni qöllab-quvvatlaş uçun Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham «Humo Arena» saroyiga taşrif buyurdi.
Şu tariqa, Jalolov finalning dastlabki kunida Özbekiston hisobiga 3-oltin medalni keltirdi. Ungaça Hasanboy Dösmatov va Asadxöja Möydinxöjayev faoliyatida ilk marta jahon çempioniga aylangandi. Boksçilar oltin medal bilan birga turnirning mukofot puli – 200 ming AQŞ dollariga ham ega çiqişdi. Kumuş medali sohiblari – 100 ming AQŞ dollari, bronza egalari esa 50 ming AQŞ dollari pul mukofotini qölga kiritdi. Lazizbek Mullojonov va A’loxon Abdullayev yurtimiz hisobiga bronza medalini yozib qöyişdi.
Ma’lumot uçun, ertaga, 14 may kuni özbekistonlik yana 4 nafar boksçi - Oybek Jörayev, Abdumalik Xalokov, Ruslan Abdullayev va Saidjamşid Ja’farov final jangida ringga çiqişadi.












