Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan 14 may, yakşanba kuni Yevropa Ittifoqi taklifiga binoan Bryusselda muzokara ötkazdi. Yevropa Kengaşi raisi Şarl Mişel matbuot uçun uçraşuv natijalarini şarhlar ekan, ikki davlat rahbari Armaniston-Ozarboyjon mojarosini hal qilişning bir qança muhim jihatlari böyiça muvaffaqiyatga erişganini bildirdi. Paşinyan va Aliyevning özlari Bryusseldagi muzokaralar natijasiga hozirça izoh berişmagan.
Mişelning sözlariga köra, ikkala siyosatçi ham “1991 yildagi Olmaota deklaratsiyasiga sözsiz sodiqliklarini” hamda SSSR parçalanişi çoğida Armaniston va Ozarboyjonning öz çegaralaridagi hududiy yaxlitligini tasdiqlagan. Boşqaça aytganda, gap asosan etnik armanlar istiqomat qiladigan Toğli Qoraboğning Ozarboyjon hududi sifatida tan olinişi haqida ketmoqda. Çegaralarning yakuniy demarkatsiyasi va demilitarizatsiyasi tomonlar örtasidagi muzokaralar mavzusi böladi, dedi Yevropa kengaşi rahbari.
Muvaffaqiyatga erişilgan yana bir masala, Şarl Mişelga köra, “mintaqadagi transport va iqtisodiy aloqalarni blokdan çiqariş” böldi. Xususan, gap Ozarboyjonning asosiy hududi va uning eksklavi – Naxiçevan Muxtor Respublikasi örtasidagi transport yölagi haqida bormoqda. Boku bunday yölakni Armaniston hududi orqali ötkazmoqçi. Şu bilan birga, Yerevan u mamlakat janubini qolgan qismidan uzib qöyişi, bundan taşqari, Armanistonni Eronga töğridan töğri yöldan mahrum qilişidan qörqadi.
Şarl Mişelning sözlariga köra, asirlarni özaro ozod qiliş böyiça “yaqin haftalar içida” bölib ötişi kerak bölgan muzokaralarda ham muvaffaqiyatga erişildi. “Biz bedarak yöqolganlar taqdiriga oydinlik kiritiş va minalardan tozalaş işlarini faollaştiriş muhimligini ham muhokama qildik”, — deya qöşimça qildi yevropalik rasmiy.












