«Katta yettilik» davlatlari yetakçilari Ukrainani Rossiya agressiyasini qaytarişda «qança kerak bölsa, şunça vaqt» qöllab-quvvatlaşiga işontirdi. Bu haqda 29 may, şanba kuni e’lon qilingan «Katta yettilik» sammitining Xiroşimadagi kommyunikesida aytiladi.
«Biz yana bir bor Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşini keskin qoralaymiz. Ukrainani keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinçlikka erişiş uçun qança kerak bölsa, şunça vaqt uni sobit qöllab-quvvatlaşimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», deyiladi hujjatda.
Bundan taşqari, «Katta yettilik» Ukrainaga diplomatik, moliyaviy, humanitar va harbiy yordamni kuçaytiriş, şuningdek, Rossiyaga yordam berganlar uçun «narxlar»ni oşiriş tarafdori ekanliklarini bildirdi. Şu bilan birga, «Katta yettilik» davlatlari yetakçilari Rossiya uruşni töxtatib, Ukrainadan qöşinlarini olib çiqib ketişi uçun Xitoyni Moskvaga bosim ötkazişga çaqirdi. «Biz Xitoyni hududiy yaxlitlikka, BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlariga, jumladan, Ukraina bilan töğridan töğri muloqotga asoslangan keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinçlikni qöllab-quvvatlaşga çaqiramiz», — deyiladi hujjatda.
Xiroşimadagi G7 yetakçilari sammitining yakuniy kuni arafasida prezident Zelenskiy Yaponiyaga uçib bordi. 21 may, yakşanba kuni u amaliy uçraşuvlarda iştirok etadi, deb yozadi Reuters.
Ukraina rahbari G7 yetakçilari bilan hafta boşida e’lon qilingan «qiruvçi samolyotlar koalitsiyasi»ni tuziş masalasini ham muhokama qilişi kutilmoqda. Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan F-16 qiruvçi samolyotlarini sotib olişga va uçuvçilarni öqitişga kelişib olganliklarini bildirdi. OAV xabarlariga köra, maşğulotlar Yevropada bölib ötadi, yaqin haftalarda boşlanadi va bir neça oy davom etadi.












