“Ingliz tilini örganiş men uçun emas ekan”. “Har doim yangidan boşlayman va yana taşlab qöyaman”. “Işdan ortib til örganişga kuçim qolmayapti”. “Bu ketişda IELTS imtihonini qanday topşiraman?” Kun.uz til örganuvçilarda uçraydigan şu kabi savollar va ular duç keladigan muammolar haqida tajribali pedagog, IELTS instruktori Barno Muqimova bilan suhbatlaşdi. 

“Ingliz tilidan yomon öqiganman”

— 7-sinf paytimda örganişni boşlaganman. Onam radioda öquv markazi reklamasini eşitib qolgan va meni öşa markazga öqişga bergan. Onam biroz öz ustida işlasin degan bölsalar kerak. Çunki maktabda faqatgina ingliz tilidan 4 baho olganman va bir hafta kayfiyatsiz yurganman. Bu hayotimdagi yagona 4 baho edi. Boşlanğiç sinflarni rus maktabida öqiganman. U maktabda ingliz tili ötilmasdi, 5-sinfdan özbek maktabiga ötganman. U yerda boşlağiç sinflarda ham ingliz tili ötilgani uçun men boşqalardanortda qolganman. Va men uçun eng qadrli va bu tilni özlaştirişimga turtki bölgan 4 bahoni olganman. Öşa paytda yomon bölgan men uçun, lekin hozir yaxşiyam şu iş bölgan ekan deyman.Öqituvçilarim doim talaffuzing bölmaydi, senda öxşamaydi derdi. Lekin Özbekistonda birinçilardan bölib “speaking”dan kam sonli 9 ball olganlardan bölganman.

“Til örganişda maqsadni töğri qöyiş kerak”

— Nega insoningliz tilini örganişni boşlaydi, ammo keyin taşlab qöyadi? Sodda narsalarda ma’no köp baribir. Mening birinçi boşlaşimga sabab — inglizça qöşiqlar, kinolarning ma’nosini tuşunişni istaganman. IELTS oliş, kimgadir isbotlaş degan narsalar bölmagan. Çin dildan şu qöşiqlarni tuşunişni istaganman. Örgana boşlagandan keyin ham hali töliq tuşuna olmayapman degan fikr bilan töxtamay harakat qilaverganman.

Inson heç qaçon bir joyda töxtab turmaydi, yo ortga ketadi, yo oldinga. Ingliz tilini örganişdan maqsad IELTS’dan 6 ball oliş va öqişga kiriş bölsa natijaga erişgaç köpçilik örganişniyiğiştirib qöyadi. Agar boşqa narsalarni maqsad qilib olsa, u inson töxtamaydi. Şuning uçun maqsadni katta qöyiş kerak, iloji bölsa, öşa maqsadga erişiş imkonsiz bölsin bir umr. Toğday tilasang, qirdek beradi, degan gapga töğri keladi.

Bolalari köp til bilişini istayotgan ota-onalarga tavsiya...

— Farzandi ingliz tilini tez örganişini istagan odam taşqaridan bosim ötkazişi kerak. Lekin buning hayotiy davomiyligi kam. Agar rostdan butun umrlik bilimga ega bölişni istaşsa, bolaning özida xohiş uyğotişga harakat qiliş lozim. Buning uçun esa bolaning qiziqişlariga ahamiyat berib, öşa qiziqişga boğlaş kerak tilni. Uç yoşgaça bolangizni nimaga qiziqişini kuzatib bilsangiz böladi. Masalan, dizaynerlikka qiziqadigan bolaga sen ingliz tilini örgansang, Parijga körgazmalarga borasan, desangiz unda maqsad paydo böladi. Bolaning içida xohiş — olov uyğondimi, uni töxtatiş qiyin böladi. Faqat öşa uyğotuvçi nuqtani topa biliş kerak. Va eng yaxşi tarbiya — örnak böliş.