KXŞTga a’zolikning «heç narsa bermasligi» Yerevanga xavfsizlik masalalarini muhokama etişga tösqinlik qilmoqda, dedi Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan. U Armaniston taşkilotdan çiqişi yoki a’zoligini muzlatib qöyişi mumkinligini istisno etmadi.
Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan öz mamlakatining Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan (KXŞT) çiqişi ehtimoli haqida ma’lum qildi. Bu masala hozir muhokama qilinmoqda, dedi Paşinyan 22 may, duşanba kuni Yerevanda bölib ötgan matbuot anjumanida. «Men Armaniston de-yure KXŞTdan çiqişi yoki a’zoligini muzlatib qöyişi mumkinligini inkor eta olmayman. Lekin bu faqat KXŞT Armanistondan çiqqani qayd etilgan taqdirdagina sodir böladi», - dedi u.
Şu bilan birga, Nikol Paşinyan KXŞT kuzatuv missiyasi Armanistonga kelmayotganiga işora qildi. «KXŞTning Armanistondan çiqişi haqida gapirganda, men taşkilotning Armaniston oldidagi majburiyatlarini nazarda tutyapman», deb tuşuntirdi u. Bundan taşqari, boş vazirning ta’kidlaşiça, KXŞT a’zosining «heç narsa bermaydigan» rasmiy maqomi Yerevanda xavfsizlik masalalarini muhokama etişga tösqinlik qilmoqda. «Sizningça, bizga boşqa davlatlardan qurol-yaroğ va harbiy texnika oliş böyiça takliflar kelmadimi? Albatta, bunday imkoniyat bor edi, lekin bu imkoniyatning yopilişi asosan Armanistonning KXŞTga a’zo bölişi bilan boğliq böldi», — deya qöşimça qildi u.
Şu bilan birga, Paşinyan Ozarboyjonning Armaniston tomonidan tan olingan hududiga Toğli Qoraboğ ham kirişini ma’lum qildi. «Şuni qayd etiş muhimki, Yerevan Toğli Qoraboğ armanlarining huquqlari va xavfsizligi masalalari Boku-Stepanakert muzokaralari formatida muhokama etilişi kerakligini e’lon qiladi», — dedi u.
2022 yil noyabrida Nikol Paşinyan KXŞT Kollektiv xavfsizlik kengaşi deklaratsiyasi va Yerevanga yordam körsatiş böyiça qöşma çora-tadbirlar loyihasini imzolaşdan boş tortgan edi. U bu qarorini taşkilot tomonidan «Ozarboyjonning Armaniston hududiy yaxlitligiga qarşi tajovuziga siyosiy baho berilmagani» bilan izohladi. Yanvar oyida Yerevan mamlakatda KXŞT maşğulotlarini ötkazişdan boş tortgan edi.












