Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlaş kursiga 2023/2024 öquv yili uçun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari böyiça qabul e’lon qilingan.
Tahsillar davlat granti asosida amalga oşirilib, tinglovçilar oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
Öquv jarayonlari Sudyalar oliy maktabi binosida olib boriladi, ayol tinglovçilarga özlari istiqomat qiluvçi hududdagi sudlarda amaliyot ötaş imkoniyati taqdim etiladi (amaliyot ötaş jami öqiş davrining qariyb yarmini taşkil qiladi).
Hujjatlar 2023 yilning 5 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Özbekistonda gender tenglikka erişiş strategiyasining maqsadli körsatkiçlariga köra, sudyalar orasida xotin-qizlar uluşini 2025 yilda 20 foizga, 2030 yilda 30 foizga yetkaziş nazarda tutilgan.
Ayni paytda Özbekistonda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning uluşi 14 foizga yetdi (bu körsatkiç Qozoğistonda 51 foiz, Rossiyada 66 foiz, Sloveniyada 70 foiz, Portugaliyada 75 foiz).













