Yaponiya va Janubiy Koreya hukumatlari BMTning raketa sinovlarini taqiqlaganini sabab sifatida keltirib, Şimoliy Koreya rasmiylaridan razvedka sun’iy yöldoşini uçiriş rejalaridan voz keçişni talab qildi. Bu haqda 29 may, duşanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.

Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida Şimoliy Koreyaning har qanday raketa uçirişi BMT Xavfsizlik kengaşining Şimoliy Koreya yadroviy va raketa faoliyatini qoralovçi rezolyutsiyalarini jiddiy buziş holati bölişini ta’kidladi. «U sun’iy yöldoş deb atalsa ham, uni ballistik raketa bilan uçiriş BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarini buziş va odamlar xavfsizligiga tahdid soluvçi jiddiy muammo böladi», - dedi Kişida. 

«Hukumatimiz mintaqada tinçlikka tahdid soluvçi provokatsiyalarni sodir etmaslik haqida qat’iy ogohlantiradi va noqonuniy uçiriş rejasidan zudlik bilan voz keçişga çaqiradi», — deyiladi Janubiy Koreya TIV xabarida. Seul Qöşma Ştatlar va Yaponiya hamda xalqaro hamjamiyat bilan özaro hamkorlik orqali «provokatsiyalarga qat’iy javob beradi», deya qöşimça qildi idora. 

Yaponiya qirğoqni qöriqlaş xizmatining AFP’ga ma’lum qilişiça, Şimoliy Koreya hukumati ularga raketa 31 maydan 11 iyungaça uçirilişi va Sariq dengizga tuşişi kutilayotgani haqida xabar bergan.