Kosovo şimolida yaşovçi serblar bir kun oldin sodir bölgan töqnaşuvlar natijasida 100 ga yaqin odam tan jarohati olgan Zveçanda yana namoyişga çiqdi.

30 may, seşanba kuni yuzlab serbiyalik namoyişçilar yana Kosovo şimolidagi Zveçandagi şahar ma’muriyati oldida töplanişdi, bu yerda bir kun avval namoyişlar NATO tinçlikparvar missiyasi a’zolari bilan töqnaşuvga aylanib ketgandi, deb xabar beradi AFP axborot agentligi. 

Yiğilganlar Kosovo xavfsizlik kuçlarini mintaqadan olib çiqib ketişni va etnik alban aholiga mansub merlarni işdan böşatişni talab qilişdi. KFOR (NATO boşçiligidagi xalqaro tinçlikparvarlik missiyasi) xodimlari ma’muriyat binosi atrofiga metall tösiq örnatib, yuzlab serblarning binoga kirişiga tösqinlik qildi, deb yozadi AFP. Bundan taşqari, bino taşqarisida politsiyaning zirhli maşinalari joylaştirilgan. 

Bir kun avval Kosovoning Zveçan şahrida namoyişçilar KFOR kuçlari bilan töqnaş kelişgan. Tartibsizliklarda kamida 50 nafar namoyişçi va KFOR’ning 41 nafar xodimi jarohatlangan. Yevropa Ittifoqi taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrelning aytişiça, Yevropa Ittifoqi Zveçan şahrida sodir bölgan «dahşatga soluvçi zöravonlik»ni «qattiq» qoralaydi. 

«Yevropa Ittifoqi Kosovo hukumati va namoyişçilarni vaziyatni zudlik bilan va sözsiz yumşatişga çaqiradi. Biz tomonlar mas’uliyat bilan harakat qilişini va muloqot orqali keskinlikka siyosiy yeçim topişini kutamiz», deb yozadi Borrel.