Latviya taşqi işlar vaziri Edgars Rinkeviçs Seym deputatlarining köpçiligi tomonidan qöllab-quvvatlandi va Egils Levitsni davlat rahbari sifatida almaştiradi. 

Bungaça taşqi işlar vaziri lavozimini egallab kelgan Edgars Rinkeviçs Latviya prezidenti etib saylandi. 31 may, çorşanba kuni Seym deputatlarining aksariyati uçinçi tur yakunlariga köra uning nomzodi uçun ovoz berdi. Şu tariqa, u asosiy raqibi, biznesmen Uldis Pilensni mağlub etdi va bu lavozimda Egils Levitsning örnini egallaydi. Pilens uçun 25 deputat, Rinkeviçs uçun 52 deputat ovoz berdi. 

Ikkinçi ovoz beriş bosqiçida Rinkeviçsni 42 deputat qöllab-quvvatladi, 45 deputat uning nomzodiga qarşi çiqdi. Pilens uçun 25 deputat yoqlab, 62 deputat qarşi ovoz berdi. Prezident lavozimi uçun uçinçi nomzod - Yevropada Latviya diasporasi faoli, yevroamaldor Elina Pinto 10 ta ovoz oldi, 77 deputat unga qarşi çiqdi. Şu tariqa, Pinto prezidentlik poygasidan çiqib ketdi. Ovoz berişning birinçi bosqiçida ham ovozlar xuddi şunday darajada böldi. 

Latviya prezidenti birinçi navbatda vakillik funksiyalarini bajaradi. Uning saylanişi uçun Seym deputatlarining 100 nafardan 51 nafarining köpçilik ovozi talab qilinadi. Agar ularning heç biri 51 ta ovoz ololmasa, 10-15 kundan keyin yangi saylovlar ötkaziladi. Latviyadagi uç partiyali hukmron koalitsiya – «yaşillar», konservatorlar va mintaqaviy partiya Seymda 54 öringa ega.