Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov «Koba san’at majmuasi» MÇJ ta’sisçi ekani tasdiqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lum qildi. 

«Örganiş mobaynida haqiqatan ham O.Nazarbekovning 2016 yil 16 martda davlat röyxatidan ötkazilgan «Koba san’at majmuasi» MÇJda 100 foizlik uluş bilan ta’sisçi ekanligi aniqlandi», deyiladi xabarda. 

Agentlikning eslatişiça, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi «Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlangan mansabdor şaxslarning röyxati töğrisida»gi qaroriga asosan davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining, huquqni muhofaza qiliş organlarining xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi taqiqlangan. 

Şu bilan birga, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi qonunning 4-moddasiga asosan davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qonunçilikda man etilgan boşqa şaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari bölişi mumkin emas. 

Şuningdek, «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunga köra, davlat fuqarolik xizmatçisi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini taşkil etişga, ularning muassisi (iştirokçisi) bölişga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida taşkiliy-boşqaruv, ma’muriy-xöjalik vazifalarini bajarişga haqli emas. 

Agentlikning ta’kidlaşiça, bugungi kunda yuqoridagi qonunçilikka nomuvofiqlik bartaraf etilib, «Koba san’at majmuasi» MÇJ ta’sisçisi özgartirilgan. 

Şuningdek, Madaniyat va turizm vazirligiga kelgusida «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonun va boşqa qonunosti hujjatlariga qat’iy rioya qilinişini hamda vazirlik faoliyatida oçiqlik va şaffoflik, raqobat va xolislik hamda korrupsiyaga yöl qöymaslik prinsiplariga rioya qilinişini ta’minlaş çoralarini köriş yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.