Keça, 30 may kuni Toşkentdagi “Kitob olami” majmuasida “WikiStipendiya” marafonining ikkinçi mavsumi boşlanişi oldidan matbuot anjumani ötkazildi.

Loyiha haqida

“WikiStipendiya” — köp tilli, erkin internet ensiklopediya – Vikipediyada özbek tilida yozilgan maqolalarni köpaytirişni maqsad qilgan taşabbus. Loyiha Yoşlar işlari agentligi va tarmoqning özbekistonlik administratorlari taşabbusi bilan ötkazilmoqda.

“WikiStipendiya” loyihasi boşlangandan buyon özbekça Vikipediyada sezilari ösiş yuz berdi. Jumladan, oromgoh boşlangunga qadar Vikipediyada özbek tilidagi maqolalar soni 224 ming 317 tani taşkil etgan bölsa, dastlabki uç kunning özida ösişlar soni qariyb 10 ming maqolaga yetib, jahon vikipediyalar tizmasida 45-öringa kötarildi hamda Markaziy Osiyoda birinçilikka çiqdi. Bundan avval uşbu örinni qozoqça Vikipediya egallab turgan edi. Ayni damda Vikipediyadagi özbekça maqolalar soni 233 mingga yetdi.

Matbuot anjumanida taşkilotçilar tomonidan ikkinçi mavsumda rejalangan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Unga köra, ikkinçi mavsumda özbekça vikipediyadagi maqolalarni çet tillaridagi vikipediyalarga tarjima qiliş, özbekça vikipediyada Özbekiston hududlari haqida ma’lumotlarni köpaytiriş, statusli maqolalar tanlovini ötkaziş kabi marafonlarni ötkaziş rejalaştirilgan.

Tadbirda Kun.uz muxbiri taşkilotçilarga özbek tilidagi maqolalar soni köpayib borayotgani bilan ularning sifati borasida hali muammolar köpligi böyiça savol bilan murojaat qildi.

Kanadaning Kuins universiteti doktoranti, Vikipediya administratori Nodir Atayevga köra, bu masala loyiha taşkilotçilariga ham yaxşi taniş va ikkinçi mavsumda maqolalarni sifatli qilib töldiriş ustida ham işlanadi.

“Biz “WikiStipendiya” loyihasining birinçi mavsumida asosan songa e’tibor qaratgandik, mana endi ikkinçi mavsumda sifat ustida köproq işlamoqçimiz. Buning uçun Özbekistondagi universitetlar, yoş olimlar bilan ham hamkorlikni rejalaştirganmiz. Hozirça Özbekiston Milliy universiteti biz bilan şunday hamkorlikka rozi böldi. Qolgan universitetlarni ham hamkorlikka çaqiramiz.