Yaponiyaning PowerX startapi butun dunyo böylab qayta tiklanadigan energiya yetkazib beriş uçun möljallangan 96 ta kuçli akkumulyatorga ega kema ustida işlamoqda. Birinçi kema 2025 yilgaça tayyor böladi, uning sinovlari bir yildan söng boşlanadi.
Akkumulyator-kema uzunligi 140 metr bölib, 300 kilometr masofani bosib öta oladi. Tanker bir reys davomida 241 MVt·s toza energiyani taşiş imkoniyatiga ega böladi.
Neft eksporti miqyosida kema quvvati kiçikroq körinişi mumkin, deb tan oladi kompaniya. Biroq, kema kelajakda köproq akkumulyatorlar bilan işlaş imkonini beruvçi «moslaşuvçan dizayn»ga ega.
Taxminlarga köra, kema portlarga kirib, mahalliy infratuzilmani quvvatlantiradi. Şuningdek, u dengizdagi şamol stansiyalariga va yerosti yoki suvosti kabellaridan foydalaniş qiyin bölgan joylarga xizmat körsatişi mumkin.
PowerX - bu batareya işlab çiqariş böyiça startap. Kompaniya asosçilari toza energiyadan foydalaniş va uzatiş usullarini özgartirmoqçi, şuningdek, uni butun dunyoga tarqatmoqçi.








