Yevropa Ittifoqi Kengaşi 30 may, seşanba kuni bölib ötgan yiğilişda Moldovaga makroiqtisodiy yordam hajmini ikki baravarga - 295 million yevrogaça oşirişga qaror qildi, deyiladi kengaş saytida.
Ilgari Moldovaga Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan kreditlar 150 million yevroni taşkil qilgan. "Moldova YeIga işonişda davom etişi mumkin. Moldovani qöllab-quvvatlaşda, jumladan, moliyaviy tomondan ham davom etamiz", deb va’da berdi Şvetsiya moliya vaziri Elizabet Svantesson.
YeIning Moldovaga makromoliyaviy yordami “iqtisodiy barqarorlaştiriş va tarkibiy islohotlar dasturini qöllab-quvvatlaşga” qaratilgan va Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) moliyaviy kelişuvi doirasida taqdim etilgan resurslarni töldiradi, deya ta’kidladi Kengaş. Moldova uçun mavjud bölgan maksimal 295 million yevrodan 220 million yevro kreditlar va 75 million yevro grantlar körinişida beriladi.
Yevropa Ittifoqi Kengaşining press-relizida ta’kidlanganidek, Ukrainadagi harbiy harakatlar Moldova iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir körsatdi. “Hozirgi istisno holatlarda moliyalaştiriş hajmining köpayişi Moldovaning XVJ dasturi bilan birgalikda iqtisodiy barqarorlaşuvini qöllab-quvvatlaş böyiça söroviga töğri javob sifatida qaraladi”, — deyiladi Kengaş xabarida.












