Janubiy Koreya davlat razvedka boşqarmasi Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inni sun’iy intellektdan foydalangan holda baholadi, deb xabar berdi Yonhap.
Agentlik ma’lumotlariga köra, fotosuratlar va videomateriallar tahlili asosida Şimoliy Koreya yetakçisining vazni haqida taxmin qilingan.
«16 may kuni omma oldida nutq sözlagan Kim Çen Inda çarçoq alomatlari körindi, közlari ostida aniq qora doiralar bor edi. Sun’iy idrok yordamida uning vaznini tahlil qildik. Uning vazni 140 dan 150 kilogrammgaça ekanligi körsatildi», dedi Janubiy Koreya «Fuqarolik kuçlari» hukmron partiyasi vakili Yu San Bom razvedka ma’lumotlariga tayanib.
Uning sözlariga köra, Seul Kim Çen Inni nafaqat ortiqça vazndan, balki uyqusizlikdan ham aziyat çekmoqda, deb gumon qilmoqda. Şuningdek, unda teri kasalligi va allergiya borligi ham istisno qilinmayapti.
«Ötgan yilning oxiridan beri Kimning qöllarida tirnalgan va kökargan joylar doimiy ravişda körinmoqda. Bu allergiya va stressdan kelib çiqqan dermatitning kombinatsiyasi deb taxmin qilinyapti», dedi Yu San Bom.
Avvalroq KXDR yetakçisining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qömitasi bölim boşliği örinbosari Kim Yo Çjon mamlakatdagi «isitma» epidemiyasi vaqtida akasi oğir kasal bölib qolganini ma’lum qilgandi.












