“Asosiy kasbim haydovçi. Yengil va yuk maşinalarini boşqaraman. Dehqonçilik bilan ham şuğullanaman. 51 yoşdaman. 2 öğil, 3 qizning otasiman. Ikki öğilni uylab joyladim.

Abdullajon Yodgorov

10 yildan beri har bahor ipak qurti boqaman. Öziga xos maşaqqatli iş, lekin daromadi yaxşi. Qurt boqqanim uçun fermerdan vaqtinça foydalanişga yer va qoramollarga somon olaman. 30 kun astoydil mehnat qilib qurt parvarişlaymiz.

Ipak qurti boqib örtaça 10 mln söm daromad topaman. Ötgan yili ham davlatga 100 kg pilla topşirganmiz. Bu yil ötgan yilgidan ham ortiqroq pilla topşirmoqçimiz. Pilla yiğib kam bölganimiz yöq. Ipak qurti boqqanim uçun mehnat staji ham ketyapti.

Tong sahardan Damas’ga pritsepini ulab olib dalaga tut novdasi kesişga jönaymiz.

To nonuşta vaqtigaça novdalarni butab qurtlarga beramiz. Tuşlik paytida ham bir mahal barg taşlaymiz. Keçki payt böldi degunça yana dalaga borib tut kesamiz. 15 kun qattiq mehnat böladi. Bu paytda kira qilişga çiqmayman. Qurtni eson-omon topşirib bölganimizdan keyingina taksiçilikni yana boşlayman.

Qurt boqiş bir kişining işi emas. Oilaviy mehnat ortidan daromadga erişiladi. Har mavsumda hovlimizda 600-700 boğ tut novdasi yiğiladi. Ötgan yilgi boqilgan qurtdan qolgan tut novdalarini ğaram qilib qöyganmiz. Tandirga işlatib ehtiyojdan ortganini sotamiz. Ötgan yili boğini 4 000 sömdan sotganmiz.

Yoşlikdan ipak qurti boqib bu işga mehrimiz tuşib qolgan.  Ertalab tong saharlab uyğonib işga kirişasiz. Hammadan keç uyquga ketasiz. Pillaga bostirganingizdan keyin iş sur’ati biroz pasayadi.

Avvallari har bir xonadonda ipak qurti boqilgan. Endilikda butun boşli qişloğimizda 5-6 oila boqyapti xolos”.

Abdullajon aka hovlisidagi bir qariç yerni ham böş qöymagan. Issiqxonaga bodring, pomidor ekkan. Uzum parvarişi esa uning sevimli maşğuloti.

“Bodring uçun issiqxona qurganman. Uzum parvarişini yoqtiraman. Fevral oyida issiqxonaga bodring uruği qadagan edim. Har ikki kunda Oltiariq ulgurji bozoriga borib 700 ming sömlik bodring sotib kelaman.

Bodring tagiga bir yarim ming tup pomidor ekkanman. Qişloqda ham mehnat qilayotgan odam kam bölgani yöq. Har kunlik daromadim bor. Kira qilaman, bodring sotaman, payti kelganda uzum va pomidor sotaman. Kelinbarmoq navli uzum ekkanman. Har yili yaxşigina narxga sotamiz.

Qişloq şaroitida bozordan heç narsa sotib olmaymiz. Kartoşka, sabzi, piyoz, pomidor barçasi hovlimizdan çiqadi.

Bozordan faqat göşt va yoğ olişimiz mumkin. Sentyabr oyida issiqxonaga kökat ekib qöyaman”, – deydi Abdullajon Yodgorov.

Sarvar Ziyoyev
Jahongir Aliboyev