Özbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyati uçun jazoni ötab bölsa, sudlanmagan deb hisoblanişi mumkin. Bu haqda Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Odil Tojiyev xabar berdi.
Qayd etilişiça, parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga özgartiş va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda körib çiqildi.
Uşbu qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga quyidagi mazmundagi özgartiş va qöşimça kiritilişi taklif etilmoqda:
Birinçidan, 18 yoşga tölmagan şaxslar sodir etgan jinoyati (öta oğir jinoyatlar bundan mustasno) uçun jazoni ötab bölganidan keyin "sudlanmagan" deb hisoblanadi.
Ikkinçidan, voyaga yetmagan şaxsga nisbatan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qiliş jazosining eng kam muddati bir oyga tuşiriladi (amalda uşbu muddat 6 oyni taşkil qiladi).
Sudlanganlik şaxsning sodir etgan jinoyati uçun hukm etilganidan kelib çiqadigan huquqiy holatdir. Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan kundan boşlab şaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan şaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.











