TIV ma’lumotiga köra, muloqotda Afğonistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyat, şuningdek, ikki davlatning Afğoniston yönalişidagi hamkorligini kengaytiriş borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Pokiston elçisi Özbekistonning Afğonistonda uzoq muddatli va barqaror tinçlik örnatiş, şuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etişdagi muhim rolini ta’kidladi.

Tomonlar Afğonistonda amalga oşirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, xususan, Termiz – Mozori-Şarif – Kobul – Peşovar temiryöli qurilişini ham muhokama qildilar.