Qiz bola özining qadrdon oilasidan, jonajon ota-onasi, tuğişganlaridan ayrilib, butunlay boşqa muhit, özga insonlar orasiga tuşadi va yaşay boşlaydi. Zimmasiga qöyilgan har xil majburiyatlar, şartlar, talablar avvaliga uni ozroq dovdiratadi. Yangi kelin biroz muddat tuşkunlikka tuşadi. Ana şunday vaziyatda unga yaxşi qaynona yordamga kelişi, uni avvalo ayol, sobiq kelin, mehribon ona sifatida qöllab-quvvatlaşi lozim.

Qaynonalarga ham oson emas. Köplab qaynonalar butunlay özga muhitda ösib tarbiya olgan kelinga qanday muomala qilişni bilmay qoladi. Çunki kelinçakning fe’l-atvori, odatlari unga noma’lum.

Aynan şunday holatda qaynona qanday bölişi kerag-u, kelin özini qanday tutişi lozimligini maşhur turk yozuvçisi Ahmad Lutfiy Qozonçi özining “Qaynona” asari qahramonlari Munavvarxonim va Amina timsolida tasvirlagan.

Syujyet:

Munavvarxonim ismli beva ayol Mustafo ismli öğlini uylantirmoqçi böladi va kelin izlay boşlaydi. Unga Amina ismli aqlli-huşli, yaxşi xonadon qizi Aminani tavsiya qilişadi. Har ikki tomonning suriştiruvi natijasida Mustafo va Amina unaştiriladi.

Aminani qörquv bosadi. Birinçidan, oilasini taşlab ketişdan iztirobga tuşsa, ikkinçi tarafdan, miyasiga atrofdagilar tomonidan örnatilgan “qaynona zolim, qaynona johil, qaynona zulmkor” kabi fikrlar tinç qöymasdi. Qöni-qöşni bölmiş kelinlar qaynonadan körgan dard-alamlarini aytaverib qiz beçorani qörqitib qöyişgandi.

Bu orada har ikki xonadonning orasiga sovuqçilik solib, bir-biridan aynitmoqçi bölgan körolmas fitnaçilar ham çiqib qoladi. Ammo oqil insonlar hisoblanmiş Munavvarxonim va Aminaning otasi Mahmud oğa ham bunday qutqularga uçmaydi.

Munavvarxonim Aminalarnikiga mehmonga kelganda negadir Aminaning barça qörquvlari butkul tarqab ketadi. Birinçi marta körayotgan bölişiga qaramay, özini Munavvarxonimning qizidek his qila boşlaydi. Bunga sabab Munavvarxonimning yuzidagi nur, iliqlik, tabiatidagi halimlik edi.

Çindan ham Munavvarxonimda dunyodagi jamiki yaxşi fazilatlar, xulq-atvorlar jamlanib, siyratidagi pok nur yuziga balqib çiqqandi. Esini tanibdiki, nafsi bilan kuraşib, özini davomiy tarbiyalab kelgan Munavvarxonimni barça baravariga hurmat qilardi. Şunday ayolning öğli Mustafo ham, albatta, tengqurlariga nisbatan ança aqlli, tarbiyali, solih farzand bölib yetişgandi.

Hammaga faqat yaxşilik soğinuvçi Munavvarxonim Aminani kelin qilib olgaç ham özini qaynonadek emas, çin mehribon onadek tutdi. Aminani öz qizim deb qabul qildi. Amina uxlab yotgan qaynukasi Alining ustiga bilmay qaynoq suv tökib yuborganida bu aybni öz böyniga oldi. Heç kimga Amina tökkanini sezdirmadi.

Öz örnida Amina ham yaxşi kelin, yaxşi qiz bölişga harakat qildi. Zero, katta arava qayerga boşlasa, kiçigi ham öşa yöldan yuradi. Munavvarxonimdek aqlli, tajribali, vazmin qaynonalar bor xonadonda fayz-baraka, tinçlik-osoyiştalik, mehr-oqibat arimaydi.

Tahlil:

Munavvarxonim ham öz örnida kelin bölgan, zulm körgan, haqsizliklarga uçragandi. Ammo özidagi yuksak odob, axloq, yaxşi fazilatlar bilan unday sinovlarni yengib çiqqan. Qaynonaga yoki kelinga zuğum qiliş, azob beriş, kamsitiş uning tarbiyasiga, qadriyatlariga, umuman, tabiatiga butunlay yot edi. Çunki Munavvarxonim onalik, qaynonalikdan ham köra, avvalo, özini inson hisoblardi. Insoniylikda esa hatto biror jonzotga ozor beriş ham ayb sanaladi.

Munavvarxonimning fikriça, kelin kimningdir közining oqu qorasi, asrab-avaylab östirgan guli. Şunday ekan, bu gulga ozor beraveriş, huda-behudaga tergab ranjitaveriş insofdan emas. Zero, qaynonaning kelinda haqqi bölgani singari kelinning ham qaynonada haqqi borligini, har ikki tomon ham öz haqlarini halol va töliq ado qilsa, olam gulistonligini Munavvarxonim çuqur anglaydi.

Ya’ni kelin qaynonaning hurmatini joyiga qöysa, parvarişini qilsa, xizmatini oğrinişlarsiz bajarsa, qaynona haqqini, bir yoşi uluğ insonning, turmuş örtoğining aziz volidasining haqqini ado etgan böladi.

Şuningdek, kelin ham birovning farzandi, bir banda. U izzat qilinişi, şirin sözdan bahramand bölişi va hokazolar uning haqqi sanaladi. Hozirgi kunda köplab qaynonalar şu jihatni nazardan qoçirişyapti. Kelinni xuddi öz şaxsiy buyumi yoki qulidek körib, ozor beryapti. Oqibatda, köplab nizolar, köngilholliklar kelib çiqmoqda.

Asarda muallif Munavvarxonim obrazi orqali hamma qaynona ham “qaynab” turmasligini, zulmkor emasligini, qaynonami, kelinmi avvalo inson sifatida özini özi tarbiya qilişi lozimligini körsatadi.

Bundan taşqari romanda yetimning boşini silaşdagi xayr, töy-ma’rakalardagi isrofgarçilik, ortiqça urf-odatlar haqida ham gap boradi.

Kim bölişidan qat’i nazar, hammamiz Allohning bandasimiz. Şunday ekan bir-birimizga ozor berişga, turtkilaşga, adolatsiz tergaşga va kamsitişga haqli emasmiz. Şaxs öz-özini doimiy nazorat qilsa, axloqiy jihatdan taftiş qilsa, adolat bilan qaror çiqarsa, jamiyatda illat kamayadi. Turli fojialarning oldi olinadi.

Oila jamiyatning eng kiçik va asosiy boşlanğiç böğinidir. Qaynona-kelin jiqqamuşt xonadonda farzandlarning kayfiyati, tabiati yaxşi bölmaydi. Şunday ekan barça qaynonalar Munavvarxonimdan, barça kelinlar Aminadan ibrat olişlari lozim.

Gulasal Qodirova, kitobxon