Odil Yoqubovning «Muqaddas» qissasi boş qahramoni Şarifjon ham sevgiga olib boradigan yöldan yuryapman deb öylardi...

Syujyet:

Şarifjon zavodda işlaydi. Işxonasidan ta’til olgan vaqti imtihon kunlariga töğri kelgani uçun öqişga topşirib körmoqçi böladi. Imtihonga borib kelib yurarkan, Muqaddas ismli qizni sevib qoladi. Ular bir-biriga yordam berib yuradi va Muqaddas ham Şarifjonni yoqtirişini bildiradi. 4 ta fandan imtihon topşirişadi. Muqaddas 18 ball, Şarifjon esa 16 ball töplaydi. Afsuski, eng kamida 17 ball töplagan abituriyent öqişga qabul qilinardi. 

Yigitning ruhi tuşib ketadi. Öqişga kirolmaganidan ham köra Muqaddas bilan öqiyolmay qolişidan köproq siqilayotgandi. Aslida, öqimagan taqdirda ham tayyor işi, ajoyib hamkasblari bor edi. Ammo unga Muqaddasdan ayriliş juda oğir botdi. Lekin Muqaddas yigitning könglini kötarib, keyingi yil imtihongaça sadoqat bilan kutişga va’da berib, uylariga – Bekobodga ketdi. 

Şarifjon işxonasiga tomon yöl oldi. Hamkasblarini soğinganini his qildi. Öqişga işxonadagilarga bildirmay topşirganidan vijdoni qiynalib yurgandi. Ayniqsa, Sulaymon akaga buni qanday aytişni bilmayotgandi. Şarifjonning otasi injiner edi. Maşinasozlik zavodida Sulaymon aka bilan işlagandi. Uruşga ham ikkisi birga ketadi. Şarifjonning otasi qaytmaydi. Onasi Rahima esa hozirgi ögay otasiga turmuşga çiqadi. Otasi boşqa ekanini yaqinda bilgan yigit padarining kasbini davom ettirişga ahd qilib, Sulaymon akaning yonida işlay boşlaydi.

Işxonaga borib, hamkasblarini körib uyga qaytsa, ota-onasi uni kutib ötirganini köradi. Şarifjon inşodan uç olgandi. Ögay otasi institutda öqituvçiligi uçun amallab domlalar bilan gaplaşib, inşosini qayta yozdiriş uçun uyga olib kelgandi. Bunday noqonuniy işga avvaliga yigit könmaydi. Ammo onasi «Otangning orzusi seni öqitiş, injiner qiliş edi», deb turib olgani uçun va ayniqsa, Muqaddas bilan beş yil birga, bir kursda öqişni öylagani uçun inşoni qayta yozişga kirişadi...

Bir neça kun ötgaç institutga boradi. Buyruq çiqibdi. Ammo röyxatni qarab Muqaddasning ism-familiyasini topolmadi. Hayron bölib, dekanatga yöl oladi. Yölda Muqaddasni uçratadi. U ham dekanatga çiqib ketayotgandi. Uyoq bölib-bu yoq bölib bilişsaki, Muqaddasning örniga Şarifjon öqişga qabul qilingan böladi...

Haqiqatni bilgaç yigit esankirab qoladi va qilib qöygan işining oqibati qançalar dahşatli ekanini anglaydi. Muqaddasga tuşuntirmoqçi, bunday böladi deb öylamaganini aytmoqçi böladi. Ammo «Mening örnimda boşqasi bölgandayam bu qançalik adolatsizlik bölişini his qilmayapsizmi?» degan javobni oladi.