Simpozium doirasida Ilhom Mahkamov ICAO boş kotibi Xuan Karlos Salasar bilan uçraşuv ötkazdi. Ilhom Mahkamov Özbekistonning uglerod çiqindilarini kamaytirişdagi eng samarali hissasi Jet A-1 yarim sintetik (50/50) aviatsiya yoqilğisi (SSF) işlab çiqarişni özlaştiriş va fuqaro aviatsiyasida çiqindilarni 20 foizga kamaytirişdan iboratligini ta’kidladi.
Transport vaziri Singapur transport vaziri Amiy Xor bilan ham uçraşuv ötkazdi. Uning doirasida tomonlar Özbekiston aeroportlarini rivojlantiriş sohasidagi Changi Airports International Pte kompaniyasi bilan hamkorlik va PSA International kompaniyasi bilan Özbekiston hududida zamonaviy konteyner terminalini taşkil etiş masalalarini muhokama qildilar.
Vazirlar Singapur tajribasi asosida Özbekistonda yerosti metro liniyalarini loyihalaş va quriş muhimligini ta’kidladilar. Şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik öz içiga transport tizimini aqlli boşqariş markazi va Singapur tajribasini joriy etişni ham olişi qayd etildi.












