Visual Capitalist infografikasi Lloyd’s List’ning 2026-yilgi reytingiga asoslangan. Undagi örinlar 2025-yildagi konteyner aylanmasi böyiça belgilangan.
Hajmlar TEU - 20 futlik, yaʼni taxminan 6,1 metr uzunlikdagi standart konteynerga teng şartli birlikda hisoblangan. Statistikaga yuk ortilgan konteynerlar ham, böş konteynerlar ham kiritilgan.
Şanhay portining konteyner aylanmasi AQŞning eng yirik konteyner porti - Los-Anjeles körsatkiçidan beş barobardan ziyod bölgan.
Reytingdagi 30 portning jami konteyner aylanmasi qariyb yarmi Xitoy portlari hissasiga töğri kelgan. Bu hisobga 13 million TEU körsatkiçga ega Hongkong ham kiritilgan.
Şanhayning ustunligi nimada?
Şanhay porti faqat şaharning öziga xizmat qilmaydi. Içki suv yöllari va temiryöllar uni Yanszi daryosi böyidagi sanoat markazlari bilan boğlaydi. Şu orqali Xitoyning markaziy va şarqiy hududlaridagi işlab çiqaruvçilar mahsulotlarini xorijiy bozorlarga çiqaradi.
Işlab çiqarişning Osiyodagi boşqa mamlakatlarga ham kengayişi va Xitoyning Janubi-şarqiy Osiyo bilan savdo aloqalari mustahkamlanişi mintaqaviy yuk taşiş tarmoqlarini rivojlantirmoqda. Bu jarayonda Xitoy portlari muhim örinni saqlab qolyapti.
Singapur - yuklar uçun «tranzit aeroport»
Singapurning port modeli esa köproq xalqaro dengiz yönalişlarini bir-biriga boğlaşga asoslangan. U dunyodagi 600 dan ortiq port bilan aloqa qiladi.
Bu yerda konteynerlar bir kemadan boşqasiga ötkazilib, keyin manzili sari yöl oladi. Şu jihatdan Singapurni yölovçilar boşqa reysga ötadigan tranzit aeroportga qiyoslaş mumkin. Yuklarni qayta ortişga asoslangan bu tizim kiçik şahar-davlatning dunyoda ikkinçi öringa çiqişiga yordam bergan.
Çuqur suvli priçallar va avtomatlaştirilgan elektr kranlari yangi terminallarga eng yirik konteyner taşuvçi kemalarni qabul qiliş imkonini beradi.
Singapur Tuas portini quriş orqali quvvatlarini yana kengaytirmoqda. Loyiha konteyner operatsiyalarini bir joyga jamlaşni közda tutadi. Uni 2040-yillarda töliq yakunlaş rejalaştirilgan bölib, şundan söng portning yillik ötkaziş quvvati 65 million TEU'ga yetişi kutilmoqda.













