Uchrashuvda transport-logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy qadamlar ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekistonda tashkil etilgan UzContargo Andijon qo‘shma korxonasi ishtirokida Andijonda zamonaviy logistika markazini barpo etish loyihasini tezlashtirish, shuningdek, mamlakat hududida konteyner yuk tashuvlarini rivojlantirish ishlarini birgalikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar konteyner yo‘laklari samaradorligini oshirish, tashishlar hajmini bosqichma-bosqich kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan yo‘l xaritalarini muvofiqlashtirish niyatini bildirdi.
Tomonlar hamkorlik bo‘yicha ishchi aloqalarni faol davom ettirishga kelishib oldi.











