Transport vazirligi xabar qilişiça, 10 iyulda Pekin şahrida “Öztemiryölkonteyner” AJ va Xinjiang Union of Railway International Logistics Co. Ltd örtasidagi hamkorlik doirasida uşbu qöşma korxona taşkil etilişi munosabati bilan tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Tadbir davomida yangi korxonaning Xitoy va Özbekiston örtasidagi transport-logistika hamkorligini çuqurlaştirişdagi strategik ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tomonlar mazkur kompaniya özaro yuk taşuvlarini kengaytirişda muhim örin egallaşiga işonç bildirdi.

UTK International Logistics Co. Ltd kompaniyasining ofisi Urumçi şahrida joylaşib, korxonaning asosiy faoliyati yuklarni konsolidatsiya qiliş, Xitoy tomonidan subsidiyalar jalb etiş hamda Xitoy—Markaziy Osiyo yönalişi böyiça multimodal taşuvlarni rivojlantirişdan iborat böladi.

Taşkiliy jarayonlar yakunlangaç, kompaniya qisqa fursat içida Xitoy—Qirğiziston—Özbekiston yönalişi böyiça birinçi konteyner poyezdlarini jönatişni boşlaydi.