Polşa Varşava hukumati tomonidan olib borilayotgan sud-huquq islohoti böyiça Bryussel bilan bahsda Yevropa Ittifoqi sudida yakuniy mağlubiyatga uçradi. 5 iyun, duşanba kuni Lyuksemburg sudi Yevrokomissiyaning şikoyatini qanoatlantirib, Polşa islohoti qoidalari Yevropa Ittifoqi qonunçiligiga zid ekanini tan oldi.

Xususan, gap Polşa sudlari endi intizomiy javobgarlikka tortiliş xavfisiz Yevropa Ittifoqi qonunçiligini örgana olmasligi yoki sudyalar hokimiyat organlariga özlarining siyosiy faoliyati töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim etişi şartligi haqida bormoqda. Sudyalarning taşkilot yoki partiyaga a’zoligini e’lon qilişi va bu ma’lumotlarning e’lon qilinişi şaxsiy hayotni hurmat qiliş böyiça asosiy huquqlarni buzadi, deyiladi YeI sudi qarorida.

Yevropa Komissiyasi bu qarorni olqişladi. “Bugun Polşada mustaqil sud tizimini tiklaş uçun muhim kun”, deb yozdi Yevropa komissari Dide Reynders Twitter'da.

Varşava, öz navbatida, sud qarorini tanqid qildi. "Bu qaror sudyalar tomonidan emas, balki siyosatçilar tomonidan yozilgan. Bu Yevropa şartnomalarini oçiqdan oçiq buziş, Yevropa sudida yöq bölgan vakolatlarga tajovuzdir", - dedi Polşa adliya vaziri Zbignev Zyobro.