"Ta’lim nazorati" kanali xabariga köra, uşbu savolga Bilimni baholaş agentligi mutaxassisi tomonidan "Abituriyent-2023" körsatuvida javob berilgan.

Bildirilişiça, abituriyentlar röyxatdan ötişda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bölgan 5 tagaça ta’lim yönalişini tanlaşlari mumkin.

Bunda, 5 ta ta’lim yönalişini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa böladi.

Ta’lim yönalişlarini turli ta’lim şakllari doirasida tanlaş mumkin. Misol uçun: 1-yönalişni kunduzgi, 2-yönalişni keçki, 3-yönalişni sirtqi, 4-yönalişni masofaviy.

Şuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar:  "davlat granti" yoki "ta’lim yönalişi" böyiça.