Nemis tergovçilari «Şimoliy oqim» tizimidagi gaz quvurlaridagi portlaşlarga Polşaning aloqadorligi ehtimolini tekşirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal tergovdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularning sözlariga köra, tergovçilar Polşadan operatsiyalar bazasi yoki hujumning «logistika va moliyalaştiriş markazi» sifatida foydalanilganini körsatuvçi ma’lumotlarga ega bölgan. Xususan, ular quvur liniyalarining portlaşi bilan boğliq bölgan «Andromeda» yaxtasi yönalişdan çetga çiqib, Polşa suvlariga kirganini aniqladilar.
WSJ manbalariga köra, yaxta Germaniyada Varşavada joylaşgan Feeria Lwowa sayyohlik agentligi tomonidan ijaraga olingan bölib, u Ukraina razvedkasi bilan aloqador bölgan Ukraina soxta kompaniyalari tarmoğiga kiradi. Naşr muxbiri kompaniyani özining yuridik manzilidan topişga urindi, biroq u yerda uning mavjudligining bironta belgisini ham aniqlay olmadi.
Avvalroq The New York Times gazetasi tergovçilar «Andromeda» yaxtasida portlovçi moddalar izlarini topgani haqida xabar bergan edi. WSJ ma’lumotlariga köra, tergovçilar operatsiyada qöllangan portlovçi modda HMX nomi bilan tanilgan, suvosti obektlarini yöq qiliş uçun mos keladigan rangsiz modda degan xulosaga kelişdi. «Andromeda» radio va navigatsiya uskunasidan olingan ma’lumotlar kema keyinçalik portlaşlar sodir bölgan har bir obekt yonidan ötganligini körsatdi, deb yozadi gazeta.












