Qozoğistonning Abay oblastida keng kölamli örmon yonğinlari röy bermoqda. ORDA xabar berişiça, natijada «Semey örmoni» örmon xöjaligi qöriqxonasining 14 nafar işçisi halok bölgan. Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Abay viloyatida sodir bölgan yonğinda halok bölganlar xotirasiga 12 iyun, duşanba kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.

Foto: Qozoğiston FVV 

Yonğin payşanba kuni çaqmoq urişi bilan boşlangan. Şanba kuni berilgan ma’lumotlarga köra, örmonning 60 ming gektardan ortiq hududi alanga içida qolgan. Yonğinni öçiriş işlariga mingdan ortiq kişi jalb etilgan.

Qosim-Jömart Töqayev «Semey örmoni» tabiat rezervatida röy bergan keng miqyosli yonğinda halok bölgan örmon xodimlarining oilasi bilan uçraşdi. Töqayev ularga hamdardlik bildirib, marhumlarning xotirasiga motam kuni e’lon qildi.

«Men sizlarga hamdardlik bildiriş uçun ataylab keldim. Bu butun xalqimiz uçun ulkan fojia. Bunday oğir damlarda bardam va kuçli bölinglar. Men aniq va’da beraman, bu fojiada aybdorlar qonunçilikka köra javobgarlikka tortilişadi. Ertangi duşanba kunini men umummilliy motam kuni deb e’lon qilaman. Biz sizlarning qayğungizga şerikmiz, birgalikda halok bölganlarni xotirlaymiz. Sizlardan sabr qilişni va bardam bölişni sörayman. Barça yönalişlarda, huquqni muhofaza qiliş organlari yoki vazirliklar darajasida zarur çoralar köriladi. Hozir biz bu masalada yiğiliş ötkazib, kerakli xulosalarni çiqaramiz», — degan Qosim-Jömart Töqayev.

Foto: Akorda.kz
Foto: Akorda.kz

60 ming gektardagi 9 ta uçastkani qamrab olgan yonğinni öçiriş uçun mingdan ortiq öt öçiruvçi, 252 dan ortiq texnikalar jalb qilingan.

Töqayev uşbu hodisadan söng favqulodda vaziyatlar vazirini işdan olgan.